Biologik himoya usuli — (oʻsimliklarni himoya qilishda)—zararkunanda hasharotlarni yoʻq qilish yoki ularning sonini qishloq xoʻjaligiga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydalanish. Bu usulning mohiyati qishloq xoʻjaligi ekinlari chararkunandalari bilan ularning parazitlari hamda yirtqichlari (ayniqsa, hasharotlar va kanalar bilan), shuningdek bakterial, zamburugʻli, virusli va aralash kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilari oʻrtasI" dagi tabiiy antagonistik qaramaqarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishdan iborat. Buni ishlab chiqish va tatbiq qilish quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: akarifag va mikroorganizmlar tabiiy populyatsiyalarining foydali faoliyatini oʻrganish va undan foydalanish; foydali organizmlarni saqlash, ular sonini koʻpaytirish va taʼsir samarasini oshirish sharoitlarini aniqlash; yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalarning yangi turlarini iklimlashtirish; foydali organizmlarni yashash areali ichida koʻchirish; entomofaglar va akarifaglarni koʻp miqdorda sunʼiy koʻpaytirish va tabiatga qoʻyib yuborish (mavsumiy tarqatish); mikrobiologik preparatlarni qoʻllash.

Fiziologiya, ekologiya, biokimyo, genetikaza mikrobiologiya sohasidagi tadqiqotlar Biologik himoya usuli u.ning feromonlar va gormonlar, nur bilan hamda kimyoviy sterillash (bepusht qilish), duragaylash, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Bir organizmga qarshi kurashda boshqasidan foydalanishga qadimdan urinib kelingan. Masalan, Qad. Xitoyda sitrus oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi yirtqich chumolilarni qoʻllash sohasida muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda Biologik himoya usuli u. rivojiga V. V. Yaxontov, P. P. Bogush, V. P. Nevskiy, A. N. Lujeskiy, M. N. Narziqulov, F. M. Uspenskiy va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Biologik himoya usuli u.da samarali natija beradigan entomofaglardan— afelinus, psevdafikus, rodoliya, kriptolemus qonli bit va cherveslarga, telenomus xasvaga, trixogramma kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi iqlimlashtirildi.

Biologik himoya usuli u.ning nazariy va amaliy sohasida erishilgan yutuqlar bu vositalar (mas, afelinus, psevdafikus, trixogramma, gabrobrakon, fitoseyulyus, dendrobatsillin, entobakterin, bitoksibatsillin va boshqalar) turini koʻpaytirish hamda ularni qoʻllash hajmini oshirish imkonini berdi.

Entomofaglar sistematikasi, ular tarqalishini oʻrganish hamda Biologik himoya usuli u.ning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2000-yilda Oʻzbekistonda 5,079 mln. ga maydonda (qayta ishlov berish hisobi bilan) zararkunanda hasharotlarga qarshi Biologik himoya usuli u. qoʻllandi. Respublika qishloq xoʻjaligida Biologik himoya usuli u.ni qoʻllash boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlarni egallaydi.

Ad: Trixogrammani urchitish, saqlash va qoʻllash [prof. X.H. Kimsanboyev tahriri ostida. Toshkent, 1999; Yirtqich gallitsa afididizi pashshasini urchitish va qoʻllash. Toshkent, 1999.

Zohid Odilov, Mahmudjon Yunusov.

AdabiyotlarOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

tahrir