Biometrik pasport (baʼzan e-pasport, ePasport yoki raqamli pasport deb ham ataladi) — pasportning bir turi. Biometrik pasport ham elektron, ham qogʻoz pasport boʻlib, unda pasport egasi haqida biometrik maʼlumotlar saqlanadi. Biometrik pasportlarda kontaktsiz aqlli karta (inglizcha: contactless smart card) texnologiyasidan, jumladan mikroprotsessor chiplaridan (komputer chiplaridan) va antennadan (chipga quvvat yetkazish va kommunikatsiya uchun) qoʻllaniladi.

Biometrik pasport belgisi

Hujjat va chipning xarakteristikasi Grajdanlar aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (inglizcha: International Civil Aviation Organization, ICAO)ning 9303 raqamli hujjatida belgilab berilgan.[1][2][3] Biometrik pasportdagi muhim maʼlumot ham qogʻozda yoziladi, ham chipda saqlandi. Pasport chipida elektron ravishda saqlangan maʼlumotning haqiqiyligini aniqlash uchun ochiq kalitlar infrastrukturasi (inglizcha: Public Key Infrastructure, PKI)dan foydalaniladi.

Hozirgi kunda bunday pasportlarda ishlatiladigan biometrik maʼlumotlarga yuz tuzilishi, barmoq izlari va koʻz qorachigʻining tuzilishi kiradi. Bu belgilar bir necha biometrik xusisiyatlar oʻrganilib chiqilganidan keyin tanlangan. Grajdanlar aviatsiyasi xalqaro tashkiloti pasportlarda ishlatilishi kerak boʻlgan biometrik fayl formatlarini va kommunikatsiya protokollarini belgilab beradi.

Odatda pasport chiplarida har bir biometrik xususiyatning faqatgina raqamli tasviri (odatda JPEG yoki JPEG2000 formatlarida) saqlanadi. Biometrik maʼlumotni solishtirish pasport tashqarisida, elektron chegara nazorat tizimlarida amalga oshiriladi. Chiplarda odatda kamida 32 kilobayt xotira boʻladi. Chiplar yana ISO/IEC 14443 kabi xalqaro standartlarga mos keladigan interfeyslarda ishlaydi. Bu standartlar biometrik pasportlarning turli mamlakatlarda muammosiz qoʻllanilishini taʼminlash uchun xizmat qiladi.

Baʼzi mamlakatlarda chiqariladigan shaxsiy guvohnomalar (shaxsiy kartalar yoki ID kartalar) (masalan, Niderlandiya, Albaniya va Braziliyadagi guvohnomalar) toʻlaligicha Grajdanlar aviatsiyasi xalqaro tashkilotining 9303 standartiga mos keladi. Boshqa mamlakatlardagi guvohnomalar, jumladan AQSH pasport kartasi, bunday emas.

Oʻzbekiston Respulkasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab ID-kartalari (Shaxs guvohnomasi) berib boshlandi.

Manbalar tahrir

  1. „ICAO Document 9303, Part 1, Volume 1 (OCR machine-readable passports)“ (PDF). Qaraldi: 8-sentabr 2010-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. „ICAO Document 9303, Part 1, Volume 2 (e-passports)“ (PDF). 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2007-10-11 sanasida arxivlangan)
  3. „ICAO Document 9303, Part 3 (credit-card sized ID cards)“ (PDF). Qaraldi: 8-sentabr 2010-yil. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir