Birinchi haydov, tinch yerni haydash — qoʻriq va boʻz, shuningdek bedapoya va boshqa koʻp yillik oʻsimliklar oʻsib, chim bosgan yerlarni haydash. Dehqonchilikda oʻt ekinlarini ekish (19-asr) qoʻllanilgandan keyin paydo boʻlgan. Birinchi haydov da tuproq qatlamlari 130—135° agʻdarilib, bir-biriga 45° burchak hosil qilgan holda zich tiralib qoladi. Birinchi haydov dan soʻng dala toʻlqinsimon koʻrinishda boʻladi. Birinchi haydov turli tipdagi lemex va agʻdargichli pluglar bilan bajariladi. Birinchi haydov da koʻp yillik begona oʻtlar ildizi zararlanadi, ularning unishi susayadi. Chim qayta oʻsmasligi va ekinlarni oʻt bosib ketmasligi uchun yer disklanadi va boronalanadi. Xaydalma qatlam qalinligi, oʻsimliklarning biologik xususiyatlari, dalaning oʻt bosganlik darajasiga qarab Birinchi haydov chuq. 15—22 sm boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil