Birjoniy — Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn alHusayn (?—taxminan 1525) — falakiyotshunos va huquqshunos olim. Ulugʻbek akademiyasi vakillaridan biri. B. mat.dan inoq sonlarga bagʻishlab "Doʻstlarga doʻst sonlarni tushuntirish uchun qoʻllanma" nomli asar, Naysaburiy (14-asr boshi)ning "Hisob haqida quyosh risolasi"ga, Ulugʻbekning "Ziji"ga, N. Tusiyning "AlMajistiyning bayoni", "Usturlobni bilish haqida yigirma bob" asarlariga, Qozi Zoda Rumiyning "Astronomiya"ning qisqacha bayoni" asariga sharh yozgan. B.ning astronomiyaga oid "Astronomiya haqida risola", "Kuzatishlarni qisqacha tushuntirish", "Taqvim haqida yigirma bob" kabi asarlari mavjud.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil