Birodar Hasanovich Abduraimov (1943.14.5, Toshkent) – futbolchi, "Pax-takor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "Oʻzbekiston Respubli-kasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi" (1994). 1972 yil mavsumda 1-tabaqa rekordini oʻrnatgan (34 toʻp). Rasmiy musobaqalarda jami 210 ta toʻp kirit-gan. A. rahbarligida "Navbahor" jamo-asi Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kirit-gan (1992). Abduraimov Xirosima (Yaponiya)da 12-Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan (1994) Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga mu-rabbiylik qilgan (R. Akramov bilan birga).1995 yildan "Zarafshon" (Navoiy shahri), 1999 yildan "Surxon" (Termiz shahri) futbol jamoalari ustozi. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1994).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Abduraimov Birodar Hasanovich" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil