BiyaOltoy oʻlkasidagi daryo, Ob daryosining eng yirik oʻng irmogʻi; Teles koʻlidan boshlanadi. Uzunligi 301 km, havzasining maydoni 37 ming km². B.ning yuqori qismi togʻlar orasidan, oʻrta qismi sertepa yerlardan, quyi qismi Lebed (oʻng) irmogʻi quyilgach, keng vodiydan oqadi. B. koʻproq qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Biysk shahri yonida 477 m³/sek. Noyab.dan aprelgacha muzlaydi. B. quyilish joyidan 225 km masofada kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi.

Biya
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 301
Maydoni 37 000 km²
Suv sarfi m³/s
Suv oqimi
Quyilishi Ob
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Biya (daryo)

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil