Björk
Björk (toʻliq ismi — Björk Guðmundsdóttir; talaffuzi — Byork Gudmundsdottir, 1965-yil, 21-noyabr kuni Reykyavik, Islandiyada tugʻilgan) — islandiyalik qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor va qoʻshiq matnlari muallifi, aktrisa, koʻpgina mukofotlarning sohibi. Uning qoʻshiqlarini turli xil janr va uslublarga kiritishadi, ular ichida: pop, trip-hop, alternative rock, jazz, electronica, etnika va mumtoz musiqa.
Björk | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Björk Guðmundsdóttir |
Tavalludi |
21-noyabr 1965-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Þór Eldon |
Janr | alternative rock, electronica, ambient, pop, trip-hop, jazz |
Amplua |
vokalchi bastakor |
Faoliyat yillari | 1977 — bugun |
Sayt | www.bjork.com |
Björk kinodaTahrirlash
2000-yili Lars von Trierning „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmi chiqadi (inglizcha: Dancer in the Dark), u yerda Björk bosh rolni ijro etadi va „Selmasongs“ nomli saundterkini yozadi. Film Kann kinofestivalida — „Oltin palma shoxi“ga sazovor boʻladi, Björkning oʻzi esa „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida festivalning sovgʻasini oladi.
Shaxsiy hayotTahrirlash
Björkning ikki farzandi bor — qiz Ísadóra (Isadora, 2002, otasi — Matthew Barney) va oʻgʻil Sindri (Sindri Eldon Þórsson, 1986, otasi — Þór Eldon, Sugarcubesning sobiq ishtirokchisi).
Björk koʻp martalab paparassilar ustidan shikoyat qilgan. 1996-yili u Tailand aeroportida oʻz oʻgʻliga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan deb hisoblagan jurnalistga hujum qilgan. Oʻsha 1996-yilning oʻzidayoq Ricardo Lopez ismli ruhiy kasal amerikalik muhlisi Björk uchun bombaning tayyorlanish jarayonini suratga oladi va unga pochta orqali yuboradi. 20 soatlik videoning ohirida u kamera oldida oʻziga qarata oʻq uzadi. Björkning hayoti posilkani qoʻshiqchiga yuborilishdan oldin topa olgan politsiya reaksiyasi tufayli saqlanib qolinadi. Aynan shu voqea taʼsiri ostida Björk 1997-yili uning ijodida burilish yasagan „Homogenic“ albomini yozadi.[1][2].
Björk ismiTahrirlash
„Björk“ bu haqiqiy ism, sahna taxallusi yoki familiya emas. Islandlarning umuman familiyalari yoʻq. Islandiyada insonni uning ismi bilan (tugʻilgan paytida berilgan) qoʻshib otasining ismini (ayrim hollarda onasining) aytishadi. „Guðmundsdóttir“ — bu „Guðmundsdóttirning qizi“ degan maʼnoda.
„Björk“ soʻzining oʻzi (toʻgʻri talaffuzi „byork“) island tilida „qayin“ maʼnosini beradi.
Yakkahon diskografiyasiTahrirlash
Studiyaviy albomlarTahrirlash
- Björk (1977)
- Debut (1993)
- Post (1995)
- Homogenic (1997)
- Vespertine (2001)
- Medúlla (2004)
- Volta (2007)
- Biophilia (2011)
- Vulnicura (2015)
- Utopia (2017)
- Fossora (2022)
SaundtreklarTahrirlash
- Selmasongs (2000, „Qorongʻida raqsga tushuvchi“ filmiga saundtrek)
- Drawing Restraint 9 (2005, saundtrek)
Remikslar termalariTahrirlash
- Telegram (1997, remikslar albomi)
- Army of Mixes (2005)
TelegramTahrirlash
Bu remikslar albomi 1997-yili chiqarilgan Post albomidandir.
Taronalar roʻyxatiTahrirlash
- Possibly Maybe (LFO)
- Hyper-Ballad (Brodsky Quartet)
- Enjoy (Outcast)
- My Spine (Evelyn Glannie)
- I Miss You (Dobie)
- Isobel (Deodato)
- Youʼve Been Flirting Again
- Cover Me (Dalinja)
- Army Of Me (Graham Massey)
- Headphones (Mika Vainid)
HavolalarTahrirlash
- Rasmiy sahifasi (ingl.)
- ↑ arxiv nusxasi, 2012-06-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-23
- ↑ Video YouTubeda