Boʻrjar GESToshkentning Boʻzsuv (Boʻrjar qismida) kanalida qurilgan 3 chi gidroelektr stansiya. 1936-yil mayida ishga tushirilgan. Quvvati 6,4 ming kVt. Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshiladi. Boʻzsuv kanalida ishlab turgan GESlar Oʻrta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Hozir Boʻrjar GES Chirchiq — Boʻzsuv traktida qurilgan GESlardan biri sanalib u toʻla avtomatlashtirilgan, yagona dispecherlik punktidan boshqariladi.

Boʻrjar GES