Boʻzsuv GES

(Boʻzsuv gesdan yoʻnaltirildi)

Boʻzsuv GESOʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiya. Toshkentning Boʻzsuv kanalida 1923 yilda qurilishi boshlanib, 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Quvvati 4 ming kVt. 30- yillarda uning quvvati Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan barcha GESlardan yuqori boʻlgan va Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporti va aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega boʻddi. Hozir B. GES toʻla avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil