Chalov
(Bo‘z (oʻsimlik)dan yoʻnaltirildi)
Chalov (Stipa) — gʻalladoshlarga mansub koʻp yillik, baʼzan bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda, qisman tropik togʻlarda 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekiston togʻlarida va togʻ yonbagʻirlarida 13 turi, jumladan, tukli Ch. (S. capillata), kavkaz Ch.i (S. caucasia Schmalh.), sovich Ch.i (S. szovitsiana Trin. ex Hohena.) va boshqa uchraydi. Koʻpchilik turlari choʻl, dasht, preriyalar oʻt oʻsimliklar qoplamining asosiy kismini tashkil etadi. Shagʻalli va toshloq yerlarda ham oʻsadi. Barglari kambar, uzun, chiziqsimon, qiltiqli. Boshoqlari bir gulli. Hamma turining xashagi sifati oʻrtacha. Chorva mollari ularni bahorda (maisa holatida) xush koʻrib eydi. Baʼzi turlari qogʻoz sanoati uchun xom ashyo.
Chalov | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |