Boboyi ol madrasasi
Boboyi ol madrasasi Boboyi ol guzarida joylashgan bo‘lib, u yettita hujradan iborat bo‘lgan.
Boboyi ol madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirBiroq yigirmanchi asr boshlariga qadar buzilib ketgan. Ushbu madrasaning ham moddiy ta'minoti yaxshi bo‘lgan. Unda banoraspo‘sh domla dars o‘tgan. Boboyi ol masjidiga oid uchta vaqf hujjati topilgan bo‘lib, ularning qadimiysi ashtarxoniy Ubaydullaxon davrida hijriy 1116-yili ramazon oyida (1705-yil yanvar') tuzilgan. Ushbu masjidning g‘arbida Boboyi ol maqbarasi (keyinchalik Cho‘qmoqjon Bibi binti Boboniyoz hovlisi ham), shimoli va sharqida omma yo‘li, janubida Xojadod valadi mulla Ollohdod hovlisi bo‘lgan. U xom g‘ishtli sinch va poydevori tog‘ toshidan Sarrafon guzarining sharqiy tarafida bino etilgan. Boboyi ol taxminan Abdulazizxon va Subhonqulixon davrlarida yashab o‘tgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida hazrat Boboyi ol madrasasining mulla Muhammad Murod ismli mudarrisi va imomi Abdullaxonning g‘arbiy madrasasiga yuborilgani, uning o‘rniga Rasiman (ip) bozori Chorsuqi masjidi imomi mulla Nurmuhammad o‘tkazilayotgani ma'lum qilinadi. Mudarris va imomlik maoshi 80 dan 90 tillagacha bo‘lgan. Bu o‘quv maskanida XIX asr oxirlarida banoraspo‘sh toifasidagi mudarris mulla Olimxoja dars o‘tgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 213.