Borazon — sunʼiy olmos; bor nitridning olmossimon modifikatsiyam. Yuqori temperatura (1350* dan yuqori) va bosim (3200 Mn/m2 dan yuqori) da borni azot bilan biriktirib olinadi Kattiqligi olmosnikiga yaqin, lekin B. yuqrri tralarga olmosga nisbatan chidamliroq, kimyoviy barqarorligi olmosnikidan ustunroq boʻladi. B.dan oʻtga chidamli materiallar, yarimoʻtkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutgichlar tayyorlanadi; u oʻta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil