Essential Grammar in Use

Raymond Murphy qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob

„Essential Grammar in Use“ („Boshlangʻich amaliy grammatika“), toʻliq nomi „Essential Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Learners of English“ („Boshlangʻich amaliy grammatika: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirigan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Raymond Murphy qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1990-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan.

Essential Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Learners of English
Muallif(lar) Raymond Murphy
Til inglizcha
Janr(lar)i grammatika
Nashr etilgan sanasi 1990
Nashriyot Cambridge universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 300

„Essential Grammar in Use“ bir necha marta qayta nashr qilingan. Kitob ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi. „Essential Grammar in Use“ kitobni muallif oʻzining ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirganlar uchun moʻljallangan „English Grammar in Use“ („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“) kitobi muvaffaqiyatidan keyin yozgan.

Nashrlari tahrir

Birinchi nashr tahrir

„Essential Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1990-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Ikkinchi nashr tahrir

„Essential Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 1997-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari mavjud. Ikkinchi nashr uchun oʻzida qoʻshimcha mashqlarni jamlagan bonus CD-ROM ham tayyorlangan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Uchinchi nashr tahrir

„Essential Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2007-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda CD-ROM diskli, bir foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat, 30 foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat hamda Klett versiyalari mavjud. Uchinchi nashr asarning ilk toʻliq rangli nashridir. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Students of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan oʻquvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Toʻrtinchi nashr tahrir

„Essential Grammar in Use“ kitobining toʻrtinchi nashri 2015-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, mashqlar javoblari hamda interaktiv elektron kitobli, qoʻshimcha mashqlari bor hamda interaktiv elektron kitob versiyalari mavjud. Qoʻshimcha mashqlar App Store hamda Google Playda ham eʼlon qilingan. Mazkur nashrning toʻliq nomi „English Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Elementary Learners of English“dir („Ingliz tilining amaliy grammatikasi: Ingliz tilini boshlangʻich darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“).

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir