Boshqirdmishar qoʻshini — Orenburg chegara chizigʻini harbiy jihatdan taʼmin etish maqsadida Rossiya hukumatining 1798-yilda Orenburg, Samara va Vyatka gubernyalarida kazak qoʻshinlariga oʻxshab tuzgan nomuntazam qoʻshini. Alohida Orenburg korpusi komandiriga boʻysungan. Qoʻshin hududi oʻz-oʻzini boshqarish huquqiga ega boʻlgan 12 kantonga boʻlingan. Dastlab Boshqirdmishar qoʻshini q. 5—5,5 ming kishilik qoʻshindan iborat boʻlgan. 1812-yildagi FransiyaRossiya urushida va 1813—14 yillardagi xorijiy yurishlarda (20 polk), 1828—29 yillardagi rusturk urushida (2 polk), 1839-yilgi Xiva yurishida hamda 1853—56 yillardagi Qrim urushida (2 polk) qatnashgan. 1865-yil tugatilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Boshqirdmishar qoʻshini" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil