Botir Asadov

oʻzbek iqtisodchisi, diplomati, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi

Botir Zokirovich Asadov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2018-yildan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi[1].

Botir Zokirovich Asadov
Асадов Ботир Зокирович
 Oʻzbеkistоnning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yil 11-oktabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahrom Ashrafxonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-iyun 1978-yil (1978-06-18) (45 yosh)
Toshkent

Biografiyasi tahrir

Maʼlumoti tahrir

1995-1999 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.

2006-2008 — O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi magistranti.

Ingliz va rus tillarini biladi.

Mehnat faoliyati tahrir

2000-2002 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi strategik va marketing tadqiqotlari bosh boshqarmasi qoshidagi Marketing tadqiqotlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi.

2002-2005 — Jahon bozorlarini marketing tadqiqotlari va strategik prognozlar bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi o‘rinbosari.

2005-2007 — Tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Marketing va jahon bozorlari prognozlari, barqaror hamkorlikni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i.

2007-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi devonining yetakchi maslahatchisi.

2012-2013 — Tashqi ishlar vazirligining MDH, KXShT va ShHT tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.

2013-2015 — O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasining ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili.

2015-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2017-2018 — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

2017-2018 — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi aʼzosi.

2018-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2018-yil 11-oktyabrdan — O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

Manbalar tahrir