Botrik toʻpgul
Botrik toʻpgul (yunoncha botrys — shingil, shoda) — monopodial (oddiy) shoxlanadigan toʻpgul. Gullari pastdan yuqori tomonga navbat bilan ochiladi. Dastlab poyaning pastki tomonidagi, soʻngra poyaning eng uchida joylashgan gullar ochiladi. Gul oʻqining oʻsishi uzoq davom etadi. Botrik toʻpgul oddiy (shingil, boshoq, soʻta, soyabon, kallakcha, shoda, savatcha) va murakkab (murakkab boshoq, soyabon, murakkab qalqon) boʻladi. Botrik toʻpgul ning aksi simoz toʻpguldir[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |