Boxum — GFRning Shim. ReynVestfaliya yeridagi shahar. Aholisi 399 ming kishi (1992). Yirik transport yoʻllari tuguni va Rur rayonidagi ogir industriya markazlaridan biri. Toshkoʻmir, kokskimyo, metallurgiya va ogʻir mashinasozlik, jumladan avtomobilsozlik ("Opel"), elektrotexnika va radiotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir qancha yirik shaharlar, yaʼni Essen, Dortmund va boshqa bilan birga ReynRur aglomeratsiyasini tashkil etadi. 1965-yilda universitet ochilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil