Boyazid Bistomiy masjidi
Qadim Qiziltepaning „Boʻston“ qoʻrgʻonida hazrat Boyazid Bistomiy ziyoratgohi borligi ulugʻ avliyoga ehtirom ramzi. Bu tabarruk joyda 1929 yilgacha mahobatli masjid va minorasi boʻlib, sovetlar davrida buzib tashlangan.
Hazrati Boyazid Bistomiy islom olamidagi 40 ta tan olingan pirlarning beshinchi oʻrniga kiritilgan. Bu zoti sharif 801 yilda Erondagi Bastom (Vistom) shahrida tugʻilganlari bois Bastomiy nomi bilan mashhur.
Tayfuriyya tariqatining asoschisi Boyazid Bastomiy ilmi hol boʻyicha eng mashhur va maʼruf siymolardan biri edilar. Boyazid Bastomiy 875 yilda oʻz vatanida vafot etadi. Uning qabri shayx Abu Musim Xodim qabrining poyida. Obyektning oʻziga xos jihatlari: Buzib tashlangan masjid oʻrnida 1990 yili choʻpkori, shimoli va sharqiy ayvonli masjid tuman tashkilotlari va aholi mablagʻi bilan bunyod etildi.
Ramziy qabr ustida mahobatli gumbaz qurildi. Bu yerdagi shifobaxsh suvli quduq qayta taʼmirlandi. Hozir Boyazid Bistomiy masjidi tumanning bosh masjidi. Har juma kuni yuzlab musulmonlar masjidga kelib emin-erkin toat-ibodat qiladilar.
Masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Yangi tahoratxona binosi ishga tushdi. Xatm-xudoyi oʻtkazuvchilarga qulay boʻlishi uchun ayvon qurildi. Tunash mehmonasi, choyxonada barcha sharoitlar yaratilgan.
Ziyoratga keluvchilar koʻp boʻlib, ularning orasida chet el mamlakatlaridan: Dogʻiston(koʻproq), Shri-Lanka, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokistondan tashrif buyuradiganlar ham bor.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |