Boygʻundi (ruscha: Байгунды) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[2].

Boygʻundi
ruscha: Байгунды
Shaharcha
38°59′58″N 65°39′36″E / 38.99944°N 65.66000°E / 38.99944; 65.66000 G OKoordinatalari: 38°59′58″N 65°39′36″E / 38.99944°N 65.66000°E / 38.99944; 65.66000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180806[1]
Boygʻundi ruscha: Байгунды xaritada
Boygʻundi ruscha: Байгунды
Boygʻundi
ruscha: Байгунды

Etimologiyasi tahrir

Boygʻundi bu mangʻitlarning bir urugʻi hisoblnadi. Baʼzida ularni boygʻundi mangʻit deb ham atashadi. Mahalliy yerlik aholi bu soʻzni boy qoʻndi yaʼni boy qoʻnish qildi, qoʻrgʻon qurdi maʼnosida talqin qilishadi. Shuningdek, boygʻundi bu tarixiy turkiy xunn xalqi nomi bilan aloqador boʻlgan etnonim hamdir. Etnonim tarkibidagi boy soʻzi qudratli, kuchli, ulugʻvor; ulkan va yoki yuksak maʼnosida qoʻllaniladi. Shuningdek u totem vazifasini bajargan yoki jamoadagi totem boʻlgan qushning nomi boʻlgan, yaʼni aholi shu totemga sigʻinishgan. Bunda eng yaqin maʼnoli jonivor bu boy qushi. Lekin soʻzning keyingi qismidagi gʻundi, qundi, xundi, gʻunli, qunli va xunli shakllari maʼnosi aniqlanmagan[3].

Oʻxshash nomlar tahrir

Qarshi tumanida Boygʻundi nomli qishloq, Kasbi tumanida esa ayni shu nomdagi mahalla mavjud.

Joylashuvi tahrir

Boygʻundi shaharchasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharcha hududidan E 60 avtomagistral yoʻli oʻtadi. Boygʻundi shaharchasiga eng yaqin aholi yashash punktlari shimolda Puduna va Mudin, gʻarbda Quyi-Obron shaharchalaridir. Shaharchaning eng mashxur qismi bu mol bozori boʻlib, vohaning turli tomonlaridan ayni shu bozor uchun tashrif buyurishadi. Shaharchaning asosiy qismi choʻl zonasida joylashganligi uchun hududda boshqa ahamiyatli obyektlar mavjud emas.

Aholisi tahrir

1-yanvar 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Boygʻundi shaharchasida 3895 dan ortiq inson yashagan. 2016-yildagi qayta hisob-kitob natijasiga koʻra bu koʻrsatkich 4100 dan ortiqni tashkil etgan[4].

Mahalliy aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Iqlimi tahrir

Boygʻundi shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yozi quruq va issiq, qishi yogʻingarchiliksiz va izgʻirinli kechadi. Orografik toʻsiqlar mavjud emasligi sababli sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida hududning shimoli-sharq tomondan kirib keladi.

Manbalar tahrir

  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 68 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 153 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.