Boymurodov Ahmad (1943.3.5, Buxoro) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999), meʼmor. Usta Ochil Bobomurodov bilan birga ishlab, undan qadimgi meʼmoriy obidalarni taʼmirlash sirlarini oʻrgangan. Usta Shirin Murodov nomidagi Buxoro maxsus ilmiy taʼmirlash ishlab chiqarish korxonasida ustameʼmor. 1980–2000- yillarda B. yetakchi mutaxassis sifatida Abulqosim madrasasi (Toshkent), Ulugʻbek madrasasi (Buxoro), Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Bakr meʼmoriy majmuasi, Buxoro namozgohi, Sayfiddin Bahorziy maqbarasi kabi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashga katta hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil