Boze gazi — butun son spinpk zarralar yoki kvazizarralar (bozonlar)dan tashkil topgan kvantaviy gaz. Boze — Eynshteyn statistikasitg boʻysunadi. B. g.ga nuklonlari soni juft boʻlgan atomlardan iborat bir atomli gazlar, foton, fonon gazlari va boshqa kiradi. B. g. zarralar i orasidagi oʻzaro taʼsir juda kichik boʻlsa, B. g. ideal gaz deyiladi. Yetarli darajada past trada ideal B. g. zarralarining bir qismi impulsi nolga teng boʻlgan holatga oʻtadi (bu hodisa Boze—Eynshteyn kondensatsiyasi deb yuritiladi), qolgan kismi esa impulsi noddan farqli holatlarda boʻladi. Mutlaq nol trada impulsi nolga teng. Zichligi kamayishi va temperaturasi ortishi bilan B. g.ning kvant xususiyati yoʻqola boradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil