Bradley Ray „Brad“ Evans (talaffuzi: Bredli Rey Evans) 1985-yil 20-aprelda Arizona shtatining Feniks shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbolchi va himoyachi. U „Seattle Sounders“ jamoasida oʻynashi bilan mashhur. AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Bradley Evans Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Bradley Ray

„Brad“ Evans

Tugʻilgan 20-aprel 1985-yil(37 yosh)

Finiks, Arizona,AQSh
Fuqaroligi Flag SShA AQSh
Boʻyi 185 cm
Vazni 77 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub karyerasini

yakunlagan

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Evans „Columbus Crew“ bilan (2008)
 
Evans „Seattle Sounders“ bilan (2011)

Boshlangʻich karyerasi tahrir

2003-2006-yillarda Irvindagi Kaliforniya universitetida oʻqiyotganda Evans universitet futbol jamoasida oʻynagan. „Irvine Entiters“ uchun toʻrt yil davomida u 75 ta oʻyinda ishtirok etdi va 31 ta gol urdi. Kollejning yozgi mavsumiy mavsumlarida Evans, shuningdek, Orange County Blue Star PDL ligasi jamoasida oʻynagan.

Major League Soccerdagi karyerasi tahrir

Evans 2007 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan[1]. U professional debyutini 2007-yilning 7-aprelida „New-York Red Bulls“ga qarshi o‘tkazdi. U professional faoliyatidagi ilk golini 2008-yil 10-may kuni „San Jose Earthquakes“ darvozasiga kiritdi. 2008-yilgi mavsumda Bred „Crew“ jamoasiga „oltin dubl“ yaratishga yordam berdi va MLS kubogini yutib oldi va futbolchi „Muxlislar qalqoni“ni qoʻlga kiritdi.

2018-yil 17-dekabrda Bred Evans futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2].

Xalqaro karyerasi tahrir

2005-yilda Bred AQSH yoshlar terma jamoasi tarkibida Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi[3][4]. Turnirda u Germaniya va Misrga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[5][6].

2013-yil 7-iyun kuni Jahon chempionati saralashida Yamaykaga qarshi o‘yinda Evans milliy terma jamoadagi ilk golini urdi[7].

2015-yilda Bred KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka va Kuba jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10][11].

Shaxsiy hayoti tahrir

Bred akasi va ikki singlisi bilan katta boʻlgan. U Mountain Point oʻrta maktabida oʻqigan va futbol jamoasida oʻynagan. Evans toʻrt yillik oʻyin davomida 54 ta gol urdi. Bred uylangan, u angliyaning „Liverpool“ klubi va Zinedin Zidanga muxlislik qiladi[12].

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Turnir Jamoa Mamlakat Mavsum
MLS Cup Columbus Crew   Germaniya 2008
Lamar Hunt U.S. Open Cup Seattle Sounders FC   Germaniya 2009
Lamar Hunt U.S. Open Cup Seattle Sounders FC   Germaniya 2010
Lamar Hunt U.S. Open Cup Seattle Sounders FC   Germaniya 2011
Lamar Hunt U.S. Open Cup Seattle Sounders FC   Germaniya 2014
Supporter’s Shield Seattle Sounders FC   Germaniya 2014

Manbalar tahrir

  1. „2007 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2007-yil 12-yanvar). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  2. Alicia Rodriguez. „Versatile MLS veteran Brad Evans announces retirement“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 17-dekabr). 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  3. „FIFA Player Statistics: Brad EVANS“ (en). FIFA.com. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  4. „Sigi Schmid Named New U.S. Under-20 Men's National Team Head Coach“ (en). USsoccer.com (2004-yil 29-oktyabr). 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  5. „FIFA World Youth Championship Netherlands 2005: USA - Germany“ (en). FIFA.com (2005-yil 14-iyun). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  6. „FIFA World Youth Championship Netherlands 2005: USA - Egypt“ (en). FIFA.com (2005-yil 18-iyun). 2012-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
  7. „Ямайка VS. США 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 7-iyun). 2013-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-dekabr.
  8. „США VS. Гаити 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2015-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  9. „США VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  10. „США VS. Ямайка 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-iyul). 2015-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  11. „США VS. Куба 6:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-iyul). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
  12. „Brad Evans“ (en). MLSsoccer.com. 2013-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.