Bubon (yun. bubon — chov, chovdagi oʻsma) — teri ostidagi limfa tugunlarining yalligʻlanishi ("bez kelishi"). Koʻproq chov va boʻyin sohasida uchraydi. B. ayrim tanosil (mas, zaxm) va boshqa baʼzi yuqumli kasalliklar (sil, oʻlat) bilan birga kechadi yoki ularning asorati sifatida vujudga keladi. B. turli kattalikda boʻlib, ogʻriqli (yumshoq shankrda) yoki ogʻriqsiz (zaxmda) oʻtadi. B. yiring boylab yoriladi va chandik hosil qilib bitadi. Dastlab B.ga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi, ular yordam bermasa, jarroxlik usuli qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil