Bukraa — Saxroi Kabirning shim. qismidagi kon, dunyodagi eng katta fosforit konlaridan. 1973-yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori boʻr davri gilkremniyohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan (qalinligi 2–6 m) tuzilgan. 50—90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qoʻshimchalari (mollyuska, foraminifera, reptiliya, baliklar)dan iborat. R2O5 miqdori 30—33%. Fosforitlarda har doim koʻp miqdorda (0,005—0,07%) uran, goho nodir yer elementlari (0,07—0,3% gacha) va pirit uchraydi. Fosforitning umumiy zaxirasi qariyb 10 mlrd. t ga teng. Konning asosiy markazi — Buk.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil