Bumazeya (ital. bambagia — paxta) — bir tomoni, odatda, teskarisi tukli, sarja (baʼzan polotno) oʻrilishli qalin ipgazlama. Tukli boʻlgani uchun mayin bh’ladi. issiqlikni yaxshi saqlaydi. Gul bosib yoki sidirgʻa rangga boʻyab. oxorlab ishlab chiqariladi. B.dan issiq ich kiyimlar va koʻylaklar tikiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil