Bosh menuni ochish

Bunyodkor Stadioni — Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Bu stadion Toshkent shahri chilonzor tumanida joylashgan . Shuningdek bu stadionda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi.[2][3]

Milliy stadioni Bunyodkor Stadioni
Bunyodkor Stadioni
Bunyodkor stadium1.jpg
Joyi Milliy stadioni Oʻzbekiston, Toshkent
Asos solingan 13-noyabr 2008-yil
Qachon qurilgan 2012-yil
Qachon ochilgan 31-avgust 2012
Qachon taʼmirlangan Yangi Stadion
Egasi Bunyodkor futbol klubi
Operator Oʻzbekiston futbol federatsiyasi
Yuzasi tabiy chim
Inshoot narxi 228,7 mln yevro [1]
Meʼmor Milliy stadioni GMP Architects
Hajmi 34.000
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Bunyodkor, Oʻzbekiston Milliy Terma Jamoasi

Toshkent shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi[4].

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi.

Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan „Zeromaks“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi[5].

Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. OʻFF sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi.[6]

Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli boʻlib, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.

120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor.

Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

SuratlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

Tashqi havolalarTahrirlash