Burqutlar
Burqutlar — oʻzbek qabilalaridan biri. Burqutlar asosan Zarafshon vohasida (hozirgi Poyariq. Narpay, Navoiy, Gʻijduvon tumanlarida), qisman Mirzachoʻlda (Jizzax yaqinida) joylashgan. XVIII asrning 1950- yillarida burqutlar Buxoro xonligiga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtargan. Qoʻzgʻolonni hukumat qoʻshinlari bostirgach, burqutlarning bir qismi Zarafshon vohasidan Hisor vodiysiga koʻchirilgan. Oʻzbekistonda yashagan Burqutlar oʻtroqlashib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |