Buxoriy mahallasi (Gʻalabaning 40 yilligi, 3-mavze, 596-bolalar bogʻchasi) – Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. „Mustaqillik 10 yilligi“ mahallasi bilan chegaradosh. 2001-yildan „al-Buxoriy“ nomi bilan ataladi. Aholisi 4983 kishi, asosan, oʻzbeklar (2009). Mahalla hududida 282-sonli oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, sport maydonchasi, oziq-ovqat doʻkonlari, qabriston mavjud[1].

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.