Bosh menuni ochish

Buxoro universiteti, Fayzulla Xo‘jayev nomidagi Buxoro davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Untda 9 fakultet (fizikamat., iktisod, kimyobiol., qishloq xoʻjaligi, badiiy grafika va xalq amaliy bezagi san’ati, tarixgeog ., xorijiy filol., ped. va jismoniy madaniyat, oʻzbek filol.si), bir ijtimoiy o‘quv markazi, 50 ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar bo‘limi bilan), botanika bog‘i, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, o‘lka zool.si, arxeologiyaetn. muzeylari, o‘quvsport, sportharbiy tayyorlov, sportsog‘lomlashtirish majmualari, ma’rifiymadaniy ishlar klubi bor (2001). Untda 23 ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaniladi.Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001 o‘quv yili untda 5 mingdan ortiq talaba ta’lim oldi, 341 o‘qituvchi, jumladan 1 O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akad., 28 fan doktori va professor, 272 fan nomzodi va dotsent ishladi. Untda turli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil bo‘lgandan beri universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2001).

Buxoro davlat universiteti
(Buxdu)
Buxdu logos
Asl nomi Buxoro davlat universiteti
Xalqaro nomi Buxoro davlat universiteti
Shiori Yuksak taraqqiyot-kuchli bilim, ilm-fan va tafakkurda!
Asos solingan 1930
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich
Talabalari 11181 ta
Fakultetlar 9
Manzili Buxoro, M.Iqbol ko`chasi 11 uy Oʻzbekiston
Vebsayti buxdu.uz

Buxoro davlat universiteti rektorlariTahrirlash

1. Vahabov Karimjon. 1930 -1931
2. Usmonov G’anijon. 1931-1934
3. Valiyev X.X. 1934-1935
4. Rajabov D. 1935-1936
5. Tereshxanov G.X. 1937 – 1938
6. Rustamov Agzam. 1938-1940
7. Sbizova Anna Ivanovna. 1940
8. Davlat - Yusupov Mustafo Xasanovich. 1940-1943
9. Hamidov (Homidiy) Sharif Hamidovich. 1944-1948
10. Jo’rayev Turob Jo’rayevich. 1948-1950
11. Maqsudov Sh.T. 1951 -1955
12. Yakubov R. 1955 – 1957
13. Rahmatov Muxtor Ne’matovich. 1957 – 1960
14. Namozov Juma Namozovich. 1960 – 1977
15. Jabborov Narimon Ibragimovich. 1977 – 1979
16. Mo’minov Vafo Arabovich. 1979 – 1986
17. Qosimov Farhod Habibovich. 1986-1992
18. Muqimov Komil Muqimovich. 1992 – 2005
19. Yoriyev Oltin Muzaffarovich. 2005-2009
20. Tadjixodjayev Zokirxo’ja. 2010 - 2014
21. Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich. 2014 y. - h.v.

Buxoro davlat universiteti fakultetlariTahrirlash

1.Fizika-matematika fakulteti
2.Tarix va madaniy meros fakulteti
3.Filologiya fakulteti
4.Pedagogika fakulteti
5.Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti
6.Tabiiy fanlar fakulteti
7.Jismoniy madaniyat fakulteti
8. Turizm fakulteti
9.Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil