Buxoro qoʻshini

Buxoro amirligi qurolli kuchlari

Buxoro qoʻshini — Buxoro amirligi qurolli kuchlari. Armiya sarbozlar deb ataluvchi muntazam qoʻshin va navkarlar deb nomlangan cherik (xalq lashkari)dan iborat boʻlgan. Gʻazavot eʼlon qilingan paytda qoʻliga qurol oladigan barcha musulmonlar harbiy xizmatga jalb etilgan.

Buxoro amirligi qurolli kuchlari
Buxoro qoʻshini
Shahrisabz shahridagi Buxoro amirligi qoʻshini (1885-yilgi surat)
Asos solingan 1785-yil
Tarqatib yuborilgan 1920-yil
Shtab-kvartirasi Buxoro shahri, viloyat va bekliklar markazida
Qoʻmondonlar
Oliy bosh qoʻmondon Buxoro amiri
Vaziri harb (Harbiy vazir) Toʻpchiboshi
Bosh shtab boshligʻi Naqib
Harbiy kuchlar
Chaqiruv yoshi Chegaralanmagan
Xizmatdan ozod qilinganlar Ayollar, qurol koʻtarish va jangda ishtirok etishga yaroqsiz erkaklar, keksalar, bolalar kishi
Harbiy kasb bilan mashgʻul boʻlganlar Piyodalar
Artilleriya
Oʻqchilar
Otliqlar
Muntazam qoʻshinlar safida 40000 kishi
Moliyaviy holati
Byudjeti Aholidan olingan soliqlar orqali taʼminlangan
Sanoati
Ichki taʼminotchilar Buxoro amirligi
Ziyovuddin bekligi
Tashqi taʼminotchilar Rossiya imperiyasi
Eron shohligi
Afgʻoniston amirligi
Xiva xonligi
Qoʻon xonligi
Britaniya imperiyasi
Ilova

Qoʻshin tuzilishi tahrir

Oliy harbiy hokimiyat va qoʻshin boshqaruvi amirga tegishli boʻlgan. Butun artilleriya va piyodalarning bosh qoʻmondonligi toʻpchiboshiga yuklatilgan boʻlib, urush paytida toʻpchiboshi butun qoʻshin (jumladan, otliqlar)ga ham yetakchilik qilgan. Qoʻshin taʼminoti nazorati bilan qoʻshbegi, pul va liboslar bilan taʼminlash devonbegi, oziq-ovqat zaxirasi bilan Ziyovuddin bekligi shugʻullangan. Nomuntazam qoʻshin (xalq laskari) harbiy xizmatga chaqirilgandan soʻnggina harbiy boshqaruv ixtiyoriga oʻtgan.

1837—1845-yillarda amir Nasrulloning noibi va artilleriya boshligʻi Abdusamad Tabriziy Buxoro amirligining siyosiy hayotida katta taʼsirga ega boʻladi. Tabriziy Buxoroda sarbozlar va toʻpchilar otryadi tashkil etilishi tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Otliq qoʻshinda xizmat qilayotganlar oʻz otlariga ega boʻlishi shart hisoblangan Ziyovuddin bekligi esa artilleriyani otlar bilan taʼminlashga hamda ularni davolash, yem-xashagini yetkazib berish majburiyatini olgandi.

Ramzi tahrir

 
Amirlik harbiy bayrogʻi

Amirlikning shtandarti (harbiy bayrogʻi) toʻrtburchak shakldagi och yashil rangda boʻlib, bayroq dastasi boʻylab tilla suvida amirning ismi bayroqning boʻsh chetiga esa kalimai shahodat yozilgan. Yozuvlar orasiga tilla rangda yarimoy va besh qirrali yulduz hamda xamsa tasviri tushirilgan. Bayroqning hoshiyasi toʻq sariq rangda boʻlib, unga qora naqshlar tushirlgan[1].

Harbiy lavozimlar tizimi tahrir

Buxoro qoʻshinida quyidagi harbiy lavozimlar mavjud boʻlgan:

  • Olomon — oddiy askar
  • Chorogʻachi — unter-ofitser, serjant
  • Yuzboshi — kapitan
  • Choʻronboshi — leytenant
  • Toʻqsabo — polk kpmandiri, podpolkovnik yoki polkovnik
  • Qoʻrgʻonbegi — brigada generali
  • Mingboshi — bir necha polk komandiri, diviziya generali, general-mayor
  • Farmonchi — qoʻshinlar qoʻmondoni, marshal, general-leytenant.

Tarkibi tahrir

Piyoda askarlar tahrir

 
Buxoro armiyasi XX asr

Dastlab Buxoro qoʻshini faqat otliqlardan iborat boʻlsa, 1837-yilgi Nasrulloxon oʻtkazgan harbiy islohot natijasida sarbaz piyoda askarlari paydo boʻldi. Keyinchalik piyoda askar 2 bayrak (rota) amir qoʻriqchisi (jilyau) va beshta sarbozlar guruhi, jami 14 ming kishidan iborat boʻlgan. Piyoda qoʻshinlarining qurollari qisman qisman miltiqli, nayzali pichoqli qurollaridan iborat edi. 1883-yilda Turkiston general-gubernatorining buyrug‘i bilan amirga 100000 o‘q bilan 1000 Berdan miltig‘i sovg‘a qilinadi[2]. Ofitserlar qilich va revolverlar bilan qurollangan edi. XIX asr 30-yillariga oid maʼlumotlarga koʻra, Buxoro amirligida 19000 askar boʻlgan. Navkarlarning juda oz qismida pilta miltiq boʻlgan, koʻpchiligi esa nayzalar va qilichlar bilan qurollangan edi. Baʼzi navkarlar sovut kiyganlar, charmdan yoki temirdan ishlangan qalqonlari ham boʻlgan. Qoʻshinga Buxoro viloyatidan 12 ming askar, Samarqanddan — 2500, Qarshidan — 2500, Maymanadan −1000, Qorakoʻldan −1000 ta askar yetkazib berilgan[3].

Buxoro amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Har qaysi urugʻ va hudud mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qoʻshin soni belgilangan. Bundan tashqari, qoʻshin tarkibida turli davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, qullar va boshqa toifa vakillari ham mavjud edi.

Otliqlar tahrir

Otliqlar jang paytida otliq tarkibda harakat qilishlari kerak boʻlgan 10 ming sipohiy va 8 ta polk (4 ming) xasabardordan iborat boʻlgan. Otliqlarning bir qanchasi miltiqlar bilan qurollangan. Ularning soni 4 ming kishini tashkil etgan. Otliqlarning qurollanishi xanjar va toʻpponcha va boshqalardan iborat boʻlgan. Xasabardorlar nayzalar oʻrniga ogʻirligi 50 funt boʻlgan choʻyan tayoqlardan yasalgan lochinlar bilan qurollangan edilar. Ayrim manbalarga koʻra, 1830—1832-yillarda Buxoroda 20 000 kishilik otliq qoʻshin boʻlgan. Amirlikning turli hududlarida 50 000 kishilik otliq qoʻshin (ulardan 10 000 kishi Balxda va Amudaryodan janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda keltirilishicha, bu qoʻshin eljari (hozirgi militsiya) shaklidagi qoʻshin turi boʻlib, u mamlakat ichidagi ichki xavfsizlikni taʼminlagan.

Artilleriya tahrir

 
Buxorodagi eski to‘plar

1837-yilda amir Nasrulloh mangʻit amirlari ichida birinchi bor piyoda sarbozlar tarkibidan toʻpchilardan iborat doimiy harbiy boʻlinmaga asos solgan. Amirlik artilleriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir necha toʻplardan tashkil etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafet (temir suyanchiq) ga ega edi. 1837-yildayoq 250 dan ortiq kishi esa artilleriya qoʻshinlari toʻpchilar safiga qabul qilingan. 1830—1832-yillarda amirlik ixtiyorida ixtiyorida 41 ta artilleriya toʻpi boʻlgan.

Texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari tahrir

XIX asrning 2-yarmida Buxoro Rossiya imperiyasi tomonidan boʻysundirilgach, Buxoro amiri qoʻshinida turli maʼlumotlarga koʻra 10 mingdan 14 ming sarbozgacha boʻlganligi qayd etilgan[4]. Buxoro xonligining safarbarlik imkoniyatlari urush davrida 60 minggacha askarni maydonga tushirish imkonini bergan[5]. 14 quroli bilan 10 ming kishi poytaxtda, 2 ming kishi 6 qurol bilan Shahrisabz va Kitobda, 3 ming kishi mustahkamlangan shaharlar: Ziadin, Karmana, G‘uzor, Sherobod va boshqalar garnizonlarda yigʻila olgan. Eng muhim istehkomlar: Buxoro, Qarshi, Nurota, Vardonze va Hisorda mavjud[6]. Armiyani saqlash amirga yiliga 1,5 million rublga tushgan. Harbiy xizmatchilarga beriladigan nafaqalar qisman pul shaklida, qisman natura shaklida maʼlum miqdorda bugʻdoy botmonlari shaklida berilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Бухара“. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
  2. Pixterev. „Армия Бухарского эмира“ (ruscha) 8-bet. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  3. Mamatqobulov To‘lqin. [https://cyberleninka.ru/article/n/amir-nasrulloxon-amalga-oshirgan-harbiy-islohotlar/viewer „AMIR NASRULLOXON AMALGA OSHIRGAN HARBIY ISLOHOTLAR“] (o'zbekcha) (oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  4. Yegorenko O. A. „Zarubejnaya istoriografiya anglo-russkogo protivoborstva v Buxarskom emirate do i posle ustanovleniya Rossiyskogo protektorata“ // Omskiy nauchniy vestnik, 2007. str. 22.
  5. „Бухарский поход“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-may.
  6. Леер Г.А.. Энциклопедия военных и морских наук. Том 1, СПб.: тип. В. Безобразова и Комп. (ruscha), 1883 — 552 bet. 

Adabiyotlar tahrir