Buxoro arki (Buxoro, 9-12 — arslar) — shaharning qadimiy qal'asi. Ark qal'asi yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo'lgan. U balandligi 16-20 metr bo'lgan sun'iy tepalikda qurilgan. Qal'a maydoni qariyb 4 gektar.Milod boshlarida qurila boshlanib, Somoniylar davri (9-10-asrlar) da ham Ark qayta qurilgan, asosan hozirgi ko;rinishi saqlanibshayboniylar sulolasi davrida shakllangan. Odamlar ko'pincha uni «shahar ichida shahar» deb atashgan, chunki unda odatdagi shaharning hamma narsalari: ko'chalar, tor ko'chalar, saroy, masjidlar, ustaxonalar bor bo'lgan.

Qal'a bir necha bor vayron qilingan, ta'mirlangan va tiklangan. Afsuski, hozirgi paytga kelib, o'tmishdagi hashamatli Arkdan ozginasi qolgan. Ko'plab binolar 1920 yilgi istibdod voqealari davrida buzilib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan Ark borib ko'rishga arziydi. Arkda joylashgan o'lkashunoslik muzeyida siz shahar tarixi, miliy urf-odatlar va an'analar to'g'risida ko'p qiziqarli narsalarni eshitasiz. Bundan tashqari qal'aning baland devorlari ustidan turib siz Buxoroning chiroyli qiyofasini tomosha qilishingiz mumkin.Hozirga qadar bu inshoot Buxoro shahridagi eng qadimgi tarixiy obida sanaladi.