Buyuk Britaniya Mustaqillik partiyasi


Buyuk Britaniya Mustaqillik partiyasi ( UKIP ; /ˈjuːkɪp/ YOO-kip ) Birlashgan Qirollikdagi yevroskeptik, o'ng qanot populistik siyisiy partiyadir. Partiya 2010-yillarning oʻrtalarida parlamentning ikki a'zosiga ega bo`lgan. Buyuk Britaniyani Yevropa Parlamentida ifodalovchi eng yirik partiya boʻlganida oʻzining eng katta muvaffaqiyat darajasiga erisgan. Hozirda partiyani Nil Xemilton boshqarmoqda.

Buyuk Britaniya Mustaqillik partiyasi

UKIP 199q1-yilda Alan Sked tomonidan Londonda tashkil etilgan yagona nashrdan iborat Evroskeptik partiya bo'lgan Anti-Federalist Liga sifatida paydo bo'lgan. 1990-yilda u UKIP deb o'zgartirildi.Ammo uning o'sishi sekinligicha qoldi. 1997-yilda Yevroskeptik Referendum partiyasi tarqatib yuborilgunga qadar uni asosan ortda qoldirdi. 1997-yilda Sked partiyaning nufuzli arbobiga aylangan Nayjel Faraj boshchiligidagi fraksiya tomonidan hokimiyatdan chetlashtirildi. 2006-yilda Faraj rasman lider bo'ldi va uning rahbarligi ostida partiya kengroq siyosiy platformani qabul qildi. Immigratsiyaning o'sishi, xususan oq britaniyalik ishchilar sinfi bilan bog'liq xavotirlardan foydalandi. Bu 2013-yilgi mhalliy saylovlar, 2014-yilgi Yevropa parlamenti saylovlari va 2015-yigi umumiy saylovlarda sezilarli yutuqlarga erishildi. 2016-yilgi Brexit referendumida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz berganidan so'ng, Faraj UKIP rahbari lavozimini tark etdi. Keyinchalik Brexit partiyasiga qo`shildi. Keyinchalik UKIP o'zining ovoz ulushi va a'zoligi keskin pasayib ketdi, deyarli barcha saylangan vakillaridan mahrum bo'ldi.

Tarixi tahrir

Tashkil etish va dastlabki yillar: 1991–2004 tahrir

 
Dastlabki UKIP logotipi

UKIP 1991yilda tarixchi Alan Sked tomonidan tashkil etilgan Evroskeptik siyosiy partiya Anti-Federalist Liga sifatida faoliyat boshlangan. Liga yaqinda imzolangan Maastrixt shartnomasiga qarshi chiqdi. Hukmron Konservativ partiyani Birlashgan Qirollikni Yevropa Ittifoqidan (EI) chiqarishga undashga harakat qildi. Liberal partiyaning sobiq nomzodi, Bryugge guruhi aʼzosi hamda London Iqtisodiyot maktabi (LSE) professori Sked LSEning Yevropa tadqiqotlari dasturidan dars berayotganda yevroskeptitsizmga oʻtgan edi[1]. Anti-federalistik liganing bayrog'i ostida Sked 1992-yilgi umumiy saylovad Bath uchun parlament a'zoligiga (MP) nomzod bo`lgan. Saylovada 0,2% ovoz to'plagan[1]. 1993-yil 3-sentabrda LSEda boʻlib oʻtgan Liga yigʻilishida Briytaniya Milliy partiyasi (BNP) bilan chalkashmaslik uchun ataylab “Britaniya” atamasidan chetlashgan holda, bu guruh Buyuk Britaniya Mustaqillik partiyasi deb oʻzgartirildi[1].

  • Buyuk Britaniyadagi evroskeptitsizm
  • Rossiyaning 2016 yilgi Brexit referendumiga aralashuvi
  • Buyuk Britaniya siyosiy tarixida 2010-yillar

Manbalar tahrir

Iqtiboslar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Ford & Goodwin 2014.