Carl Siegel

germaniyalik matematik
(Carl Ludwig Siegeldan yoʻnaltirildi)

Carl Ludwig Siegel (talaffuzi: Karl Ludvig Zigel) (31-dekabr 1896 – 4-aprel 1981) – germaniyalik matematik. Analitik sonlar nazariyasi sohasi boʻyicha mutaxassis. Thue–Siegel–Roth teoremasiga hamda kvadrat formalar uchun Siegel massa formulasiga[1] qoʻshgan hissasi bilan shuhrat qozongan. 20-asrning eng muhim matematikalaridan biri hisoblanadi[2][3]. 1978-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan[4].

Carl Ludwig Siegel
Tavalludi 31-dekabr 1896-yil
Berlin, Germaniya Imperiyasi
Vafoti 4-aprel 1981-yil(1981-04-04)
(84 yoshda)
Göttingen, Gʻarbiy Germaniya
Fuqaroligi Germaniya imperiyasi, Veymar Respublikasi, Uchinchi reyx va Germaniya
Sohasi Matematika
Ish joylari Johann Wolfgang Goethe-universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Akademik rahbarlari Edmund Landau
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Brauer–Siegel teoremasi
Siegel modular formasi
Siegel modular xilma-xilligi
Siegel noli
Smith–Minkowski–Siegel massa formulasi
Thue–Siegel–Roth teoremasi
Taʼsir koʻrsatgan Peter Sarnak
Mukofotlari Wolf mukofoti (1978)

1915-yil Berlinda Humboldt universitetida matematika, astronomiya va fizikani oʻrgana boshlagan. Universitetda Max Planck va Ferdinand Georg Frobeniusdan saboq olgan. Frobenius taʼsirida sonlar nazariyasiga qiziqishi ortgan. 1920-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan.

Siegelning sonlar nazariyasi, Diophantus tenglamalari hamda samoviy jismlar mexanikasi boʻyicha ishlari tufayli turli taqdirlan bilan mukofotlangan. Uning > 1 da egri chiziqlardagi butun nuqtalarning cheklangani haqidagi teoremasi Diophantus tenglamalarining muhim natijasi hisoblanadi. Shuningdek, olim L-funsiyalarni oʻrganib, Siegel noli tushunchasini taklif qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Siegel Method“. Encyclopedia of Mathematics.
  2. Pérez, R. A. (2011) A brief but historic article of Siegel, NAMS 58 (4), 558–566.
  3. „Obituary: Prof. Carl L. Siegel, 84; Leading Mathematician“ (15-aprel 1981-yil).
  4. Retakh, Vladimir, muh. (2013). „Israel Moiseevich Gelfand, Part I“ (PDF). Notices of the AMS. 60-jild, № 1. 24–49-bet. doi:10.1090/noti937.