Chancelor Johnathan Bennett — (1993-yil 16-aprelda tugʻilgan), professional Chance the Rapper taxallusi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuser. Chikagoda tugʻilib oʻsgan Bennett 2012-yilda oʻzining „10 Day“ debyut miksteypini chiqardi. U 2013-yilda oʻzining ikkinchi miksteypi „Acid Rap“ni chiqarganidan soʻng tanila boshladi. Keyinchalik u 2016-yilda o‘zining uchinchi miksteypi „Coloring Book“ni chiqardi va u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etildi. Bu unga uchta Grammy mukofotini, jumladan, eng yaxshi rep albomi mukofotini taqdim etdi, bu uning Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi striming albomi boʻldi va Billboard 200da sakkizinchi oʻrinni egalladi. Uning debyut studiya albomi „The Big Day“ 2019-yilda chiqdi.

Chance the Rapper
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Chancelor Bennett
1993-yil 16-aprelda
Chikago, Qo'shma Shtatlar
Kasbi Reper • qo'shiqchi • muallif • prodyuser
Leybl Shaxsiy ijod
Janr Hip hop • alternative hip hop • R&B
Hamkorligi Savemoney • The Social Experiment
Faoliyat yillari 2011–hozirgacha
Veb-sayt chanceraps.com

Yakkaxon karyerasidan tashqari, Bennett Chikagodagi Savemoney guruhining aʼzosi va „The Social Experiment“ guruhining vokalisti. 2015-yilda karnaychi Niko Segal boshchiligidagi „Surf“ albomini chiqardilar. U oʻzi istiqomat qiladigan Chikagoda ijtimoiy faollik jamoasini tuzgan.

Karyera boshlanishi tahrir

Johnathan Bennett oʻrta maktabda uning baʼzi oʻqituvchilari uning musiqachi boʻlishga intilishlarini masxara qilishgan[1]. 2011-yil boshida, marixuana saqlaganligi uchun 10 kun kampusda yashashga majbur boʻlgan, shu sababli Bennet 2011-yil boshida oʻzining birinchi loyihasini, „10 Day“ (10 kun) miksteypini yozdi[2][3]. 2011-yil dekabr oyida u „Windows“ nomli qoʻshigʻini chiqardi va oʻzining „10 day“ loyihasini omma oldida eʼlon qildi. 2012-yil fevral oyida Bennett Complex jurnalining „10 New Chicago Rappers to Watch Out For“ (Eʼtibor qilish kerak boʻlgan 10 ta yangi Chikago rapperi) roʻyxatidan joy egallagan[4]. Bennet miksteypni 2012-yil 3-aprelda chiqardi va shu vaqtdan beri u „DatPiff“ sayti orqali 500 000 martadan ortiq yuklab olindi[2][5]. Miksteyp mahalliy aholi tomonidan yaxshi qabul qilindi. Miksteyp ham Forbes jurnalining eʼtiborini tortdi, u nashrning „Cheap Tunes“ ruknida aks ettirilgan[6].

Diskografiya tahrir

Studiya albomlari roʻyxati va tafsilotlari
Nomi Tafsilotlari Chartdagi oʻrni
US
[7]
AUS
[8]
BEL
[9]
CAN
[10]
DEN
[11]
IRE
[12]
NLD
[13]
NOR
[14]
NZ
[15]
UK
The Big Day
  • Released: July 26, 2019
  • Label: Self-released
  • Format: CD, Vinyl, streaming, digital download
2 7 45 3 16 18 16 34 10 17


Filmografiya tahrir

Filmlar tahrir

Yil Film Roʻl Eslatma
2018 Slice Dax Lycander [16]
2019 The Lion King Bushbaby [17]
2019 Between Two Ferns: The Movie Chance The Rapper [18]
2021 Chance The Rapper’s Magnificent Coloring World Chance The Rapper Concert film

Qisqa filmlar tahrir

Film Roʻl Eslatma
2013 Clapping for the Wrong Reasons Marcus
2015 Mr. Happy Victor
2019 Steven Universe: The Movie Qoʻshiq muallifi[19] TV movie[20]


Manbalar tahrir

  1. „Chance The Rapper“. SX Schedule. Austin, Texas: SXSW. 2015-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Chance The Rapper Talks Childish Gambino Cosign, Signing to CAA and New Mixtape“. XXLMag.com. 2014-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  3. Shah, Neil. „Chance The Rapper's Independent Course“. The Wall Street Journal (2015-yil 7-oktyabr). 2015-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  4. Barber, Andrew „Complex 10 New Chicago Rappers to Watch Out For“. Complex (2012-yil 23-fevral). 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  5. „10 Day Mixtape“. Datpiff.com. 2015-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-oktyabr.
  6. Leor Galil. „Cheap Tunes: Chance The Rapper's '10Day'“. Forbes (2012-yil 11-aprel). 2014-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  7. „Chance The Rapper – Chart History: Billboard 200“. Billboard. Qaraldi: June 15, 2018.
  8. „Discography Chance the Rapper“. australian-charts.com. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  9. „Discografie Chance the Rapper“. Ultratop. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  10. „Chance The Rapper – Chart History: Canadian Albums“. Billboard. Qaraldi: August 6, 2019.
  11. „Discography Chance the Rapper“. danishcharts.dk. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  12. „Discography Chance the Rapper“. irish-charts.com. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  13. „Discografie Chance the Rapper“. dutchcharts.nl. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  14. „Discography Chance the Rapper“. norwegiancharts.com. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  15. „Discography Chance the Rapper“. charts.nz. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  16. Glickman, Josh (October 31, 2017). „Chance the Rapper's upcoming murder mystery Slice debuts new trailer“. Entertainment Weekly. August 5, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 6, 2018.
  17. „Chance the Rapper Turned His 'Nostalgia Consultant' Role on 'The Lion King' into a Voice Acting Gig“ (2019-yil 17-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  18. Brandon Friederich (September 4, 2019). „Zach Galifianakis Takes on Matthew McConaughey, Will Ferrell, Chrissy Teigen in Between Two Ferns: The Movie Trailer“. Maxim. October 29, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 17, 2019.
  19. „Chance The Rapper on Twitter: "A couple years ago I met with the amazing @rebeccasugar and got thw opportunity of a LIFETIME. I'm so proud to announce I'm co- exec producer of...“. 2020-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
  20. „'Steven Universe the Movie' Adds Chance the Rapper, Patti LuPone and More to Musical“ (2019-yil 13-iyun). 2019-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.