Chantel Ruth Tremitiere (talaffuzi: Chantel Tremitiere; 1969-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional ayollar basketbolchisi.

Chantel Tremitiere
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 20-oktyabr 1969-yil (1969-10-20) (54 yosh)
Williamsport, Pennsylvania
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 6 in (1.68 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab William Penn (York, Pennsylvania)
Kollej Auburn (1987-1991)
WNBA drafti 1997 / Tur: 3 / Tanlash: 18- overall
Sacramento Monarchs tomonidan tanlangan
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 3

Yoshligi tahrir

Tremitiere Pennsylvania shtatining Williamsport shahrida tugʻilgan. Uning otasi Arnold Kelly. Keyin uni chaqaloqligida William va Barbara Tremitiere asrab olishgan va Pennsylvania shtatining York shahrida oʻstirishgan. Tremitierening turli millatga mansub 14 aka-uka va opa-singillari bor. U akalari bilan basketbol oʻynab katta boʻlgan. U Hanna Penn oʻrta maktabida oʻrtacha 30 ball toʻplagan va William Penn oʻrta maktabiga oʻtganida basketbol yulduzi boʻlgan. Tremitiere 1987-yilda oʻrta maktabni tugatgan va Auburn universitetiga borishni tanlagan. Universitetda u basketbol boʻyicha toʻliq stipendiya olgan.

Tremitiere 1991-yilda Auburn Tigers ayollar basketbol jamoasi uchun har bir oʻyinni boshlab bergan va oʻrtacha 4,1 ochko, 4,0 gollarga assistentlik qilgan. 1990-yilda u NCAA All-Turnir jamoasiga sardor etib saylangan. U Auburnda jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, soʻngra „Auburn“da basketbol boʻyicha murabbiy yordamchisi (1991—1992), Texas universiteti (1992—1993) va Massachusets Amherst universitetida (1993—1996) faoliyat olib borgan. Tremitiere Polshaning Lotos Gdynia jamoasida oʻynagan va u yerda uning chiqishlari professional murabbiylarning eʼtiborini tortgan.

Auburn jamoasidagi faoliyat statistikasi tahrir

Manba[1]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1987—1988 Auburn 29 34 26,3 % 0,0 % 63,6 % 1.2 2.3 0,7 0,0 1.2
1988—1989 Auburn 27 50 40,0 % 0,0 % 50,0 % 1.7 1.6 0,6 0,0 1.9
1989—1990 Auburn 35 167 40,8 % 60,0 % 62,0 % 3.1 5.1 1.5 0.1 4.8
1990—1991 Auburn 32 257 45,5 % 20,0 % 72,0 % 3.0 6.3 2.4 0,2 8.0
Jami ochkolari Auburn 123 508 41,8 % 36,3 % 64,3 % 2.3 4.0 1.3 0.1 4.1

WNBAdagi faoliyati tahrir

1997-yilgi draftda Tremitiere Sacramento Monarchs jamoasi tomonidan 18-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. U oʻzining eng muvaffaqiyatli mavsumini Monarchs jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Monarchs jamoasidagi faoliyati davomida u oʻrtacha 7,6 ochko va 4,8 golli uzatmani amalga oshirgan.

Chantel 1998-yilda Utah State jamoasiga almashtirilgan. Bu vaqt ichida u har bir o‘yinda o‘rtacha 5,5 ochko va 3,6 golli uzatmani qayd etgan. U gollarga assistentlik qilish boʻyicha WNBAda 4-oʻrinni egallagan. 2000-yilda u kengaytirish draftining 6-bosqichida Indiana Fever jamoasi tomonidan sotib olingan.

Manbalar tahrir

  1. „Auburn Media Guide“. 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-sentyabr.

Havolalar tahrir