Charlie Clemmow

britaniyalik aktrisa

Charlie Clemmow (1986-yil 31-iyulda tugʻilgan[1]) — britaniyalik aktrisa. U 2009-yilda BBC Doctors serialida Imogen Hollins rolini tasvirlay boshlaydi. Aktrisa, dastlab, 2012-yilda teleserialni tark etadi, keyinroq esa, 2014-yilda maxsus mehmon sifatida qayta ishtirok etadi. Clemmow 2019-yildan beri takroriy ravishda Doctors televizon drama serialida paydo boʻlgan. Imogen roli uchun u RTS Midlands, British Soap va Inside Soap mukofotlarida bir qancha nominatsiyalarni qoʻlga kiritadi. Doctors dramasidan tashqari, aktrisa yana ikkita filmda koʻrinish bergan va dramatik podkastda ham rol ijro etgan.

Charlie Clemmow
Tavalludi 31-iyul 1986-yil (1986-07-31) (37 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi [Aktrisa]]
Faoliyat yillari 2009-hozirgacha

Hayot va martaba tahrir

Clemmow Stratford-upon-Avondan tashqarida tarbiyalangan va Bromsgrove maktabida[2], National Youth Theatre[2] va Guildhall School of Music and Dramada tahsil olgan[2]. 2013-yilda u BBC Two kanalida efirga uzatilgan dramatik, qoʻrqinchli boʻlgan arvohlar haqidagi hikoyasi The Tractate Middoth televizion moslashuvida Anne Simpson rolini tasvirlagan.

U BBC efirga uzatgan Doctors serialining epizodini tomosha qilib, Karen Hollins (Jan Pearson) ekrandan tashqaridagi oʻsmir qizi haqida gapirayotganini payqaydi. U BBCning ushbu drama serialidagi rolni qoʻlga kiritish vaqtida 23 yoshda boʻlishiga qaramay, oʻz yoshiga nisbatan yosh koʻrinishi sababli, oʻsmirlar obrazini ijro etuvchi rollariga ariza berishda davom etadi va bu holatni shunday tushuntiradi: "Mening karyeramda bu afzallik, chunki men oʻsmirlik aktrisalariga qaraganda koʻproq tajribaga egaman"[3] Clemmow 2021-yilda What Did You Do in the War, Mama? nomli podcastda Clementine Churchill rolini tasvirlagan.

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009-2012, 2014, 2019-2021 Doctors Imogen Hollins Takroriy rol
2012 Spike Island T-shirt vendor Film
2013 The Tractate Middoth Anne Simpson Film

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Yil Mukofot Kategoriya Natija Havl.
2010 RTS Midlands Awards Newcomer Nominatsiya [4]
2010 The British Soap Awards Sexiest Female Nominatsiya [5]
2011 The British Soap Awards Sexiest Female Nominatsiya [6]
2011 Inside Soap Awards Best Daytime Star Nominatsiya [7]
2012 The British Soap Awards Sexiest Female Nominatsiya [8]

Manbalar tahrir

  1. Clemmow, Charlie [@charlieclemmow]. „Thanks for all our #30 birthday wishes yesterday! It was an amazing start to the celebrations... Paella for EIGHTY?!“ (2016-yil 1-avgust).
  2. 2,0 2,1 2,2 Laws, Roz. „Doctors star Charlie Clemmow on life without an agent, gun sieges and lesbian kisses“. Sunday Mercury. Trinity Mirror (2010-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  3. Laws, Roz. „My first screen kiss was with a girl; charlie clemmow the big interview.“. Birmingham Post & Mail. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
  4. „2010 Award Nominations“. Royal Television Society. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-may.
  5. „The British Soap Awards 2010 Winners Release“. ITV (2010-yil 10-may). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-may.
  6. Kilkelly, Daniel. „British Soap Awards 2011 voting opens“. Digital Spy. Hearst Magazines UK. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  7. Love, Ryan. „In Full: Inside Soap Awards 2011 Nominees“. Digital Spy. Hearst Magazines UK (2011-yil 11-iyul). 2011-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
  8. Kilkelly. „British Soap Awards 2012: Full viewer and panel shortlist revealed“. Digital Spy (2012-yil 5-aprel). 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-may.

Havolalar tahrir