Chchige — koreys taomi hisoblanib, ragu taomiga oʻxshaydi. Chchigening koʻplab turlari mavjud boʻlib, uning klassik ingredientlari tarkibiga goʻsht, dengiz mahsulotlari yokikochxudjan, tvendjan, kandjang yoki seuchot bilan ziravorlanganshoʻrvadagi sabzavotlar kiradi.[1] Chchige odatda dasturxonga umumiy taom sifatida issiq holatda tortiladi.

Koreys bayramlarida dasturxonda chchige yoki tang (탕 — shoʻrva) albatda boʻladi. Choson sulolasi davrida chchige qadimiy chochxi nomi bilan atalib, qirollik dasturxonida doimo ikki xil turi taqdim etilar edi.

Har xil turdagi chchigening asosiy tarkibiy qismlariga koʻra nomlandi, masalan, senson chchige (생선찌개), baliqdan yoki tofudan tayyorlangan tubu chchige (두부찌개), yoki aniq shoʻrva yoki ziravorlardan tayyorlangani, masalan, kochxudjan-chchige (고추장찌개) yoki tvendjanchchige (된장찌개).

Turlari tahrir

Ingredientlarga koʻra tahrir

  • Altxan-chchige (알탕찌개), sayd ikrasi tuxumidan tayyorlanadi
  • Tubu-chchige (두부찌개), tofudan tayyorlanadi[2][3]
  • Ke-chchige (게찌개) qisqichbaqadan tayyorlanadi.
  • Kimchxichchige (김치찌개) kimchi va boshqa masalliqlardan tayyorlanadi[3]
  • Kxonbi-chchige (콩비지 찌게) soyadan tayyorlangan
  • Pude-chchige (부대찌개), ziravorli shoʻrva va saralangan goʻsht va boshqa ingredientlardan tayyorlangan[4]
  • Myeonrandjot-chchige (명란젓찌개) myongran chotdan tayyorlangan (tuzlangan ikra)
  • Senson-chchige (생선찌개), baliqdan; tontxe-chchige (동태찌개) — muzlatilgan say turidan tayyorlangan
  • Sundubu-chchige (순두부찌개) koagulyatsiyalanmagan yumshoq tofudan tayyorlangan[5]

Ziravorlarga koʻra tahrir

  • Tvendjan-chchige (된장찌개), tvendjan shoʻrvasi bilan tayyorlangan[3]
  • Chxongukchang-chchige (청국장찌개), chxongukchan va boshqa ingredientlardan tayyorlangan[3]
  • Seuchot-chchige (새우젓찌개) krevetkali pasta bilan
  • Kochxudjang-chchige (고추장찌개) „kochxudjang“ achchiq pasta bilan, odatda choʻchqa goʻshti bilan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Jjigae[sayt ishlamaydi] at Doosan Encyclopedia
  2. (kor.) Jjigae (Wayback Machine saytida 2011-06-10 sanasida arxivlangan) at Nate Encyclopedia
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Korean Food: Stews“ (deadlink). Life in Korea. 2013-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel.
  4. „From Trash to Delicious Treasure“. Hankooki/Korea Times (2004-yil 30-dekabr). 2006-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-mart.
  5. „Donghae,Sokcho“ (deadlink). Korea Tourism Organization. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-11-05 sanasida arxivlangan)