Chogori, GoduinOsten, Dapsang — Qoraqurum togʻlaridagi eng baland choʻqqi (8611 m). Balandligi boʻyicha Jomolungmatsan keyin 2oʻrinda. Granit va gneys jinslardan tuzilgan. Yirik muzliklar (Baltoro va boshqalar) bor. Ch.ga ilk bor 1954 yilda italiyalik alpinistlar L.Lachadelli va A.Kompanoni chiqqan.