Christian Thers Nørgaard (1994-yil 10-martda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer liganing Brentford klubi va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Nørgaard oʻz vatanida „Brøndby“ jamoasi bilan mashhurlikka erishadi.

Christian Nørgaard
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Christian Thers Nørgaard[1]
Tavallud sanasi 10-mart 1994-yil (1994-03-10) (30 yosh)
Tavallud joyi Kopengagen, Daniya
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
BK Heimdal
0000-2008 Espergærde IF
2008—2012 Lyngby
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Lyngby 1 (0)
2012—2013 Hamburger SV II 22 (2)
2012—2013 Hamburger SV 0 (0)
2013—2018 Brøndby 116 (8)
2018—2019 Fiorentina 6 (0)
2019- Brentford 98 (4)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Daniya U16 3 (0)
2010—2011 Daniya U17 22 (3)
2011—2013 Daniya U19 19 (1)
2013 Daniya U20 2 (1)
2013—2017 Daniya U21 27 (0)
2020- Daniya 17 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Erta faoliyati tahrir

Yarim himoyachi Nørgaard oʻz faoliyatini oʻz vatani Daniyada BK Heimdal va Espergærde IF jamoalari bilan boshlagan. 2008-yilda Lyngbyda yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[3]. U 2011-12-yilgi mavsumda asosiy jamoaga uchta oʻyin uchun chaqiriladi va 2011-yilning 20-noyabrida HB Koge jamoasiga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushadi. Ikki oy oʻtgach, Nørgaard AC Milan va TSG 1899 Hoffenhaymning 400 000 evrolik takliflarini rad etadi[4][5]. Lekin u birorta ham oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi va 2013-yilga kelib klubni tark etish qarorini qabul qiladi.

Brøndby IF tahrir

2013-yil 21-avgustda Nørgaard Daniya Superligasi klubi „Brøndby“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[6]. Klubdagi qiyin kechgan dastlabki uch mavsumdan soʻng[7][8], yangi bosh murabbiy Aleksandr Zorniger qoʻl ostida jamoada muntazam asosiy tarkibda maydonga tushadi va yangi 2+12 yillik shartnoma imzolaydi[9]. Nørgaard 2017-yilda Brøndby jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi va 2017-18-yilgi Daniya kubogida kumush medalni qoʻlga kiritadi[10]. Nørgaard 2018-yil iyul oyida rasman klubdan ketayotganligini eʼlon qiladi[11]. U ketguniga qadar Brøndby jamoasi safida 145 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan edi.

Fiorentina tahrir

2018-yil 19-iyulda Nørgaard Italiyaga koʻchib oʻtadi va A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan taxminan 3,5 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[12][13]. Lekin bor yoʻgʻi 6 ta oʻyinda maydonga tushgach, 2019-yilning may oyida klubni tark etadi[14][15].

Brentford tahrir

2019-yilning 28-mayida Nørgaard Angliyaga koʻchib oʻtadi va nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida Brentford jamoasiga qoʻshiladi[15][16][17]. Nørgaard 2019-20-yilgi mavsumda 45 ta oʻyinda maydonga tushadi[18][19]. 2020-yil sentyabrida u yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[20].

Nørgaard 2020-21-yilgi mavsumni yarim himoyada asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida boshlaydi[21][22]. Ammo 2020-yil 4-oktyabrda Preston North End jamoasiga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat olib maydonni tark etadi[21][23][24][25]. Nørgaard 2021-yil fevral oyi oxirida jamoaga qaytadi va mavsum oxirida u 3-5-2 sxemasi asosida himoyachi sifatida maydonga tushiriladi[21][26][27]. U ushbu mavsumni umumiy hisobda 22 ta oʻyin va 1 ta gol bilan yakunlaydi[28].

Nørgaard 2021-22-yilgi mavsumning ochilish kunida, Arsenal klubiga qarshi uchrashuvda Brentforddagi ikkinchi golini kiritadi[29]. U 2021-yil dekabr oyi oxirida yangi 3+12 yillik shartnoma imzolaydi[30]. Nørgaardning oʻyinlari klub tarafdorlari va oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlari bilan taqdirlanadi[31]. U 2021/22-yilgi mavsumni 38 ta oʻyinda 3 ta gol urgan holda yakunladi[29].

Brentfordning 2021-22-yilgi mavsumdagi soʻnggi oʻyini oldidan tizzasidagi muammo tufayli[32] Nørgaard Brentfordning 2022-23-yilgi mavsumoldi oʻyinlarining koʻp qismini oʻtkazib yuboradi[33][34]. U 2022-yil 30-iyulda mavsumoldi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga qaytadi[33] va mavsum boshidagi 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol uradi[35]. Ammo, u yana axil payidagi jarohatining asorati tufayli safdan chiqishga majbur boʻladi[36].

Xalqaro faoliyati tahrir

Nørgaard Daniyaning U16 va U21 terma jamoalari safida 73 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va beshta gol urgan. U daniyaliklarning 2011-yilgi U17 jahon chempionati hamda 2015 va 2017-yilgi Yevropa U21 chempionati tarkibiga kiritilgan[15]. Nørgaard 2018-19-yilgi Millatlar ligasi guruh bosqichi va 2018 va 2019-yillarda Yevro-2020 saralash oʻyinlarida kattalar jamoasi safida toʻrt marta zaxira oʻrindigʻida qolib ketgan. 2020-yil 8-sentabrda Nørgaard kattalar jamoasidagi birinchi oʻyinini Millatlar ligasida doirasida Angliyaga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazadi[22]. 2020-21-yilgi mavsumda yana uchta oʻyinda maydonga tushgan Nørgaard Daniya terma jamoasining Yevro-2020 uchun saralangan jamoasi tarkibiga kiritiladi[37]. U daniyaliklarning yarim finalgacha boʻlgan olti oʻyinidan beshtasida zaxiradan maydonga tushadi[38].

Shaxsiy hayoti tahrir

Nørgaard Kopengagenda tugʻilgan va besh yoshidan boshlab Espergærdeda yashagan[16]. Oila qurgan va bitta oʻgʻli bor[39].

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Lyngby BK 2011-12 Daniya Superligasi 1 0 0 0 1 0
Hamburger SV II 2011-12 Nord mintaqaviy ligasi 6 1 6 1
2012-13 Nord mintaqaviy ligasi 16 1 16 1
Jami 22 2 22 2
Hamburger SV 2012-13 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
Brøndby 2013-14[40] Daniya Superligasi 13 0 0 0 13 0
2014-15 Daniya Superligasi 21 3 3 1 1 0 26 4
2015-16 Daniya Superligasi 16 0 4 0 4 0 25 0
2016-17 Daniya Superligasi 31 4 4 1 8 0 27 5
2017-18 Daniya Superligasi 34 1 4 1 3 0 41 2
2018-19[14] Daniya Superligasi 1 0 0 0 1 0
Jami 116 8 15 3 16 0 147 11
Fiorentina 2018-19[14] A Seriya 6 0 0 0 6 0
Brentford 2019-20[18] Chempionat 42 0 0 0 0 0 3 0 45 0
2020-21 Chempionat 17 0 0 0 4 1 1 0 22 1
2021-22[29] Premer liga 35 3 1 0 2 0 38 3
2022-23[35] Premer liga 4 1 0 0 0 0 4 1
Jami 98 4 1 0 6 1 4 0 109 5
Faoliyatida jami 216 15 16 3 6 1 16 0 4 0 286 19

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Daniya 2020 1 0
2021 14 1
2022 2 0
Jami 17 1
Kristian Norgaard tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 9-oktyabr „Zimbru“ stadioni, Kishinyov, Moldova   Moldova 3-0 4-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Brondby

  • Daniya kubogi : 2017-18

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021-yil[28]

Individual

  • Brøndby jamoasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017[10]
  • Brentford tarafdorlari orasida yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021-22[31]
  • Brentford oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan: 2021-22[31]

Manbalar tahrir

  1. „Get to Know: Christian Nørgaard“. Brentford F.C.. 28-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  2. „Christian Nørgaard“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  3. Andersen. „Christian Nørgaard, stortalentet fra Espergærde“ (da-DK). Helsingør Dagblad. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  4. Hanghøj Kristensen. „Lyngby-talent solgt to HSV“ (datcha). www.tipsbladet.dk (25-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2012-yil.
  5. {{{title}}}.
  6. „Brøndby IF henter Christian Nørgaard i HSV“ (datcha). Brøndby IF (21-avgust 2013-yil). Qaraldi: 21-avgust 2013-yil.
  7. "Football is about highs and lows, you can never complete it" | My Journey | Christian Nørgaard.
  8. "Football is about highs and lows, you can never complete it" | My Journey | Christian Nørgaard.
  9. „Brøndby IF og Christian Nørgaard forlænger kontrakten“ (datcha). Brøndby IF. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  10. 10,0 10,1 Hansen. „Christian Nørgaard årets spiller i Brøndby“. bold.dk. Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.
  11. „Bech: Kæmpe skulderklap til Nørgaard“ (datcha). bold.dk (19-iyul 2018-yil). Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
  12. „Brøndby sælger Christian Nørgaard til Fiorentina“ (da-DK). DR. DR (19-iyul 2018-yil). Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
  13. „Medie: Christian Nørgaard er på vej væk fra Fiorentina“ (datcha). Tipsbladet.dk. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Games played by Christian Nørgaard in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Christian Nørgaard signs from Fiorentina“. Brentford F.C. (28-may 2019-yil). Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  16. 16,0 16,1 Carey. „Christian Norgaard: The Disruptor“ (inglizcha). The Athletic. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  17. Fisher, Ben. „Silk and steel: how Thomas Frank gave Brentford reason to dream big“. The Guardian (3-avgust 2020-yil). Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
  18. 18,0 18,1 „Games played by Christian Nørgaard in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-may 2019-yil.
  19. „Brentford 1 Fulham 2“. Brentford F.C.. Qaraldi: 4-avgust 2020-yil.
  20. „Christian Norgaard signs new long-term contract“. Brentford F.C.. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  21. 21,0 21,1 21,2 „Games played by Christian Nørgaard in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  22. 22,0 22,1 „Christian Norgaard impresses on Danish international debut“. Brentford F.C.. Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
  23. Bennett. „Norgaard getting 'closer and closer' to return, says Frank“. West London Sport (8-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2020-yil.
  24. „Norgaard being assessed after 'minor setback'“. West London Sport (30-dekabr 2020-yil). 2021-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  25. McCullough. „Frank expects Norgaard to return for Bees soon“. West London Sport (26-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  26. „Preston North End vs Brentford on 10 Apr 21 – Match Centre“. Brentford F.C.. 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2021-yil.
  27. „Brentford star 'plays like a Franz Beckenbauer'“ (inglizcha). West London Sport (25-aprel 2021-yil). 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  28. 28,0 28,1 Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 29-may 2021-yil.
  29. 29,0 29,1 29,2 „Games played by Christian Nørgaard in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  30. „Christian Nørgaard signs new contract“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 1-yanvar 2022-yil.
  31. 31,0 31,1 31,2 „Christian Nørgaard wins Player of the Year prizes“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 18-may 2022-yil.
  32. McCullough. „Brentford v Leeds United line-ups: Both sides make one change“ (inglizcha). West London Sport (22-may 2022-yil). Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  33. 33,0 33,1 Bennett. „Norgaard will start opening game but Pinnock faces lengthy spell out“ (inglizcha). West London Sport (30-iyul 2022-yil). Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  34. „Peter Gilham's Blog: Brentford in Germany, Day Four“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  35. 35,0 35,1 „Games played by Christian Nørgaard in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.
  36. „Jansson set to return“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  37. „Christian Nørgaard and Mathias Jensen named in Denmark Euro 2020 squad“. Brentford F.C.. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  38. „Christian and Mathias' Euro adventure ends in Semi-Final“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
  39. Fisher. „Christian Nørgaard: ‘The Danish fans have found their national team again’“ (inglizcha). the Guardian (2-oktabr 2021-yil). 2021-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2021-yil.
  40. „Games played by Christian Nørgaard in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-may 2019-yil.