Cornell universiteti
Kornell universiteti — AQSHdagi yirik va koʻp ixtisosli untlardan biri. Nyu-York shtatining Itaka shahrida joylashgan. 1865-yil tashqil etilgan. Asoschisi — kvaker (xristian dini mazhabiga mansub shaxs) E. Kornell nomi bilan atalgan. Muhandislik, ijtimoiy va tabiiy fanlar, meʼmorlik, sanʼat va loyihalash, veterinariya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, umumiy taʼlim va ekologiya boʻyicha kollejlar, huquq, maʼmuriy-xoʻjalik, ishlab chiqarish hamda mehnat munosabatlari va boshqa boʻyicha maktablar mavjud. Universitetda 18 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 4,5 mln. dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Cornell universiteti | |
---|---|
![]() | |
Asos solingan | 1865-yil |
Koordinatalari: 42°26′49.999999999209″N 76°28′59.000000001624″W / 42.44722222222200259°N 76.48305555555600677°W G O
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |