Dunning–Kruger samarasi

qobiliyatsiz odamlar o'zlarini mohirona deb baholaydigan kognitiv tarafkashlik
(Danning–Kruger samarasidan yoʻnaltirildi)

Dunning–Kruger samarasi (talaffuzi: Danning–Kruger) kognitiv mayl tipi boʻlib, qobiliyatsiz shaxsning oʻz layoqatini oʻrtachadan yuqori, degan xato fikrlashida namoyon boʻladi. Boshqacha aytganda, Dunning-Kruger samarasiga duchor kishi saviyasi pastroq boʻlsa-da, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyadi. Ushbu samara qobiliyatsiz shaxslarning oʻz xatolarini aniqlay olmasliklari bilan izohlanadi.[1]

Samara 1999-yili David Dunning va Justin Kruger tomonidan taʼriflangan.[2] 2000-yili ular Layoqatsiz va bundan bexabar: Oʻz qobiliyatsizligini anglashdagi qiyinchiliklar qanday qilib oʻzini yuqori baholashga olib keladi nomli bu tadqiqotlari uchun psixologiya boʻyicha Ig Nobel mukofoti bilan taqdirlanganlar.[3]

Shuningdek, Dunning-Kruger samarasining teskari holi: oʻzining layoqatlarini past saviyali, deb tanqidiy fikrlaydigan odamlarning qobiliyatlari aslida ular oʻylaganidan balandroq ekani kuzatilgan.[4]

Manbalar

tahrir
  1. Morris, Errol „The Anosognosic’s Dilemma: Something’s Wrong but You’ll Never Know What It Is (Part 1)“. Opinionator: Exclusive Online Commentary From The Times. New York Times (2010-yil 20-iyun). Qaraldi: 2011-yil 7-mart.
  2. Kruger, Justin; David Dunning (1999). "Unskilled and Unaware of It: How Difficulties in Recognizing One's Own Incompetence Lead to Inflated Self-Assessments". Journal of Personality and Social Psychology 77 (6): 1121–34. doi:10.1037/0022-3514.77.6.1121. CiteSeerX: 10.1.1.64.2655. PMID 10626367. https://archive.org/details/sim_journal-of-personality-and-social-psychology_1999-12_77_6/page/1121. 
  3. „Ig Nobel Past Winners“. 2009-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-mart. (Wayback Machine saytida 2009-08-30 sanasida arxivlangan)
  4. DeAngelis, Tori (feb 2003). "Why we overestimate our competence". Monitor on Psychology (American Psychological Association) 34 (2): 60. http://www.apa.org/monitor/feb03/overestimate.aspx. Qaraldi: 2011-03-07.