Dariy tilida dostonlar ikki xil: qahramonlik va ijtimoiy-maishiy turlarga boʻlinadi.

Birinchi turiga „Rustame doston“, „Goʻroʻgʻli“, „Abomuslim“ kabi dostonlar;

Ikkinchi turiga „Samake ayyor“, „Doʻxtare oypari“ kabilar kiradi. Ammo bu ikki turga boʻlish koʻp hollarda shartli deb tushunilishi kerak. Chunki biron-bir doston bir vaqtning oʻzida ham qahramonlik, ham afsonaviy, ertakbop voqealarni mujassamlashtirishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, dariy tilidagi dostonlar hoh qahramonlik boʻlsin, hoh ijtimoiy-maishiy mazmunda boʻlsin, asosan nazmda bitilgandir.

Adabiyotlar

tahrir

Afgʻoniston xalqi folklori va mumtoz adabiyoti tarixi