Darren Robinson (2004-yil 29-dekabrda tug'ilgan) - Shimoliy Irlandiyalik professional futbolchi, EFL Championship "Derbi Kaunti" klubida yarim himoyachi sifatida o'ynaydi.

Robinson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Darren Robinson
Tavallud sanasi 29-dekabr, 2004-yil
Tavallud joyi Shimoliy Irlandiya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Derbi Kaunti
Raqami 47

Jamoalardagi faoliyati tahrir

2019-yilda Portadowndan klubga qoʻshilgan bo'lib[1] Robinson oʻzining birinchi professional shartnomasini Dungannon Svifts klubi bilan 2021-yil yanvarida imzolagan.[2] U 2020–21-yilgi mavsumda Angliyaning “Flitvud Taun”, “Stok Siti” va “Derbi Kaunti” klublarida mashg'ulotlar o'tkazdi.[3] Darren Robinson Dungannon Svifts klubi safida 2021-yil 29-may kuni Glenavon klubiga qarshi kechgan bahsda zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushib debyut qildi[3] va Robinson ikki kundan keyin EFL chempionatining Derbi Kaunti klubiga uch yillik professional shartnoma asosida qoʻshilganligini e’lon qilindi.[3][1] 2021-yil noyabr oyida Derbi Kaunti boshqaruvga kirganidan so'ng, Dungammon Svifts klubi Darren Robinsonning transferi uchun 36,000 funt sterling miqdorida qarzga ega ekanligi xabar qilindi.[4] 2022-yil 15-yanvarda u Sheffild Yunayted klubi ustidan 2–0 hisobida gʻalaba qozanilgan o'yinda u Derbi Kauntini asosiy zaxira oʻrindigʻidan joy olgan edi va 18 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlgan jamoalarda katta taassurot qoldirdi.[5] U Derbi Kauntidagi debyutini 2022-yil 23-aprelda 82-daqiqada Bristol Siti klubiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi va Derbi Kaunti klubi 3–1 hisobida magʻlubiyatga uchradi Bristol Siti klubiga.[6]

Xalqaro karyera tahrir

Robinson 2022-yilning mart oyida Shimoliy Irlandiyaning 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan edi.[7] U 2022-yil mart oyidagi xalqaro tanaffusda terma jamoa safida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.[8]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Derby deal for Darren“. dungannonswiftsfc.com. Dungannon Swifts F.C. (2021-yil 30-may). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  2. Crawford. „Darren Robinson signs first professional deal at Dungannon Swifts“. News Letter (2021-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 Hanna, Gareth. „Darren Robinson tipped to go 'a long way' after Dungannon Swifts midfielder makes move to Derby County“. Belfast Telegraph (31-may 2021-yil). Qaraldi: 24-aprel 2022-yil.
  4. Hanna, Gareth. „Derby County: Dungannon Swifts and another Northern Ireland company owed money by club in administration“. Belfast Telegraph (24-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 24-aprel 2022-yil.
  5. Fullerton. „Wayne Rooney shows early faith in former Dungannon midfielder“. BelfastLive (2022-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  6. Nicholson, Steve. „Wayne Rooney made right call in Derby County's bigger picture“. Derby Telegraph (24-aprel 2022-yil). Qaraldi: 24-aprel 2022-yil.
  7. „Robinson Named In Northern Ireland Under19s Squad“. dcfc.co.uk. Derby County F.C. (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  8. „Darren Robinson » U18 Friendlies 2022“. worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.