Dastlabki Makka va musulmonlar mojarolari
Dastlabki Makka va musulmonlar mojarolari sifatida Islom dini paygʻambari Muhammad va uning sahobalari ishtirok etgan bir qator ziddiyatli vaziyatlar nazarda tutiladi. Ushbu ziddiyatli voqealarga, asosan, har xil koʻrinishdagi bosqinlar[1], maʼlumotlarini yigʻish yoki Quraysh mushriklari tomonidan moliyalashtirilgan karvonlarning savdo mollarini tortib olish uchun amalga oshirilgan hujum jarayonlari kiradi[2].
Dastlabki Makka va musulmonlar mojarolari | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Musulmonlar | Makkaning Quraysh qabilasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Muhammad Hamza ibn Abdul Muttolib Abu Salama Abdulloh ibn Jahsh Zayd ibn Horisa Abu Ubayda ibn Jarroh Abu Qatoda |
Abu Jahl Umayya ibn Xalaf Abu Sufyon Abul Os ibn Robiʼ Amr ibn Abdulvud Tulayha Usmon ibn Amr |
Tavsifi
tahrirMuhammadning izdoshlari Makkadagi quvgʻinlardan qochib, u bilan birga Madinaga hijrat qilganlaridan keyin qashshoqlikdan qattiq aziyat chekadilar. Makkaliklar esa musulmonlarning u yerda qolib ketgan boyliklari va mol-mulklarini butunlay tortib oladilar[3].
623-yilning yanvar oyidan boshlab musulmonlarning bir qismi Makkadan Suriyaga Qizil dengizning sharqiy qirgʻoqlari boʻylab sayohat qilgan Makka karvonlariga bostirib borishadi. Bunday vaziyatda, yaʼni choʻl sharoitida omon qolish uchun kishilarning jamoaviy hayot tarziga moslashishi juda muhim edi. Odamlar ogʻir muhit va turmush tarzini yengish uchun ularga koʻrsatiladigan yordamga muhtoj edi. Shunday qilib, qabila guruhini birgalikda harakat qilishga undadi. Bu birlik esa ular oʻrtasida qarindoshlik rishtalariga asoslangan edi[4]. Arabiston xalqi koʻchmanchi va oʻtroq xalq boʻlib, koʻchmanchi xalq ixtiyoridagi qoʻylariga suv va yaylov izlab doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilgan boʻlsa, oʻrtoq xalq bir joyda muqim yashab, savdo va dehqonchilik bilan shugʻullangan[3][5].
Al-Is karvoniga bostirib kirish
tahrirHindistonlik musulmon yozuvchisi Safi ur-Rahmon Muborakpuriy tomonidan yozilgan Muhammadning zamonaviy islomiy agiografiyasi boʻlgan "Ar-Rahiq al-Makhtum " asariga koʻra, Muhammad tomonidan buyurilgan birinchi karvon yurishi hijratdan yetti-toʻqqiz oydan keyin olib borilgan Hamza ibn Abdulmuttalib boshchiligidagi yurish boʻlgan. Oʻttiz-qirq kishilik bir guruh Makka va Madina oʻrtasidagi al-Is yaqinidagi dengiz qirgʻogʻida toʻplangan, bu paytda esa karvon rahbari Amr ibn Hishom (Abu Jahl) uch yuz nafar makkalik chavandozlar bilan shu yerda qarorgoh qurayotgan edi[6][7][8][9].
Hamza ibn Abdulmuttalib karvonga hujum qilish maqsadini amalga oshirishga hozirlanayotgan bir paytda Abu Jahlni uchratib qoladi, lekin ikkala tarafga ham doʻstona munosabatda boʻlgan qurayshlik Majdiy ibn Amr al-Juhaniy oraga tushib, ularni tinchlantiradi. Shunday qilib, ikkala tomon ham bir-biriga qarshi qurol koʻtarmasdan yoʻllarida davom etadi. Hamza Madinaga, Abu Jahl esa Makka tomon yoʻl oladi.
Islomning birinchi bayrogʻini Muhammad Kinoz ibn Husayn an Gʻanaviyga ishonib topshirgan[6][7][8].
Ikkinchi hujum
tahrirUbayda ibn Horis Muhammad tomonidan buyurilgan ikkinchi bosqinning qoʻmondoni edi. Ushbu bosqin hijratdan toʻqqiz oy oʻtib, al-Isda uyushtirilgan birinchi hujumdan esa bir necha haftadan soʻng sodir etilgan[6][7][8].
Al-Isdagi birinchi hujumdan taxminan bir oy oʻtgach, Muhammad Ubayda boshchiligidagi 60 nafar muhojirdan iborat guruhga Suriyadan qaytayotgan ikki yuz nafar qurollangan Quraysh karvoniga navbatdagi hujumni amalga oshirishni topshiradi. Ushbu karvonning rahbari Abu Sufyon ibn Harb edi.
Musulmonlar karvonga hujum qilish maqsadida Hijozdagi Tanyatul-Murragacha borishadi. Qurayshliklar va musulmonlar oʻrtasidagi masofa uzoq boʻlganligi bois ular orasida jang boʻlmaydi. Biroq musulmonlardan Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq uzadi. Tarixda ushbu voqea Islomning birinchi oʻqi deb ataladi. Shunga koʻra, bir qancha tarixiy manbalarga koʻra, Islom bayrogʻini birinchi boʻlib koʻtargan shaxs Ubayda ibn Horis deyilsa, yana boshqa islomiy manbalar bayroqni birinchi boʻlib Hamza koʻtargan deya maʼlumot beradi[6][8].
Xarrar hujumi (uchinchi hujum)
tahrirHarra hujumi deb ataluvchi uchinchi bosqinga Saʼd ibn Abu Vaqqosning boshchilik qilishi buyurilgan. Uning guruhi yigirmaga yaqin muhojirlardan iborat edi. Ushbu hujum avvalgisidan taxminan bir oy oʻtgach amalga oshirilgan. Saʼd oʻz askarlari bilan Makka yoʻlining Xarrar vodiysida pistirma oʻrnatadi va Suriyadan qaytib kelayotgan Makka karvoniga bostirib kirishni reja qiladi. Ammo karvon allaqachon ular kutilayotgan manzildan oʻtib ketgan edi, shu sababli musulmonlar Madinaga jangsiz qaytishgan[6][7][8].
Vaddanga bostirib kirish (toʻrtinchi hujum)
tahrirVaddan bosqini deb nomlanuvchi toʻrtinchi hujum Muhammadning shaxsan oʻzi 70 nafar, asosan, muhojirlardan iborat askarlari bilan ishtirok etgan birinchi yurish hisoblanadi[6]. Manbalarga koʻra, Muhammad Madinaga hijrat qilganidan oʻn ikki oy oʻtgach, Vaddandagi (al-Abvo) karvonga hujum qilgan. Musulmonlar bosqin chogʻida birorta ham Quraysh vakillariga duch kelishmagan[8].
Biroq musulmonlar Banu Damra karvoniga bostirib kirgan[10]. Ikki oʻrtada muzokaralar boshlangan va har ikkala tomon rahbarlari bir-birlariga qarshi hujum qilmaslik shartnomasini imzolaganlar. Banu Damra musulmonlarga hujum qilmaslikka, shuningdek, Quraysh tarafiga oʻtmaslikka, Muhammad esa Banu Damra karvonlariga hujum qilmaslikka va ularning mollarini tortib olmaslikka vaʼda bergan[6][10].
Musulmon olimi Muhammad az-Zurqoniyning fikricha, shartnoma qoidalari quyidagicha boʻlgan:
Bu hujjat Allohning elchisi Muhammaddan Banu Darma haqidadir. Bunda (Muhammad) mollar va jonlarga omonlik qildi. Agar bu kelishuvga xiyonat qilmasalar va bu shartnomani buzmasalar, ular musulmonlardan yordam kutishlari mumkin. Agar paygʻambar ulardan yordam soʻrasa, ular ham ijobiy javob berishlari kutiladi[11][12].
Buvat karvon yurishi (beshinchi hujum)
tahrirBuvat bosqini deb nomlanuvchi beshinchi hujum ham Muhammad tomonidan boshqarilgan[8]. Al-Abvo bosqinidan bir oy oʻtgach, Muhammadning shaxsan oʻzi muhojirlar va ansorlardan iborat 200 kishini Quraysh savdogarlari karvon yoʻlidagi Bavot hududiga qurayshlik Umayya ibn Xalaf boshchiligida 100 nafar chavandoz hamrohlik qilgan 1500 tuya podasi tomon olib boradi[13].
Biroq orada hech qanday jang boʻlmaydi va bosqin natijasida musulmonlar oʻlja olmaydi[9][11][14][13].
Oltinchi hujum
tahrirMuhammad Buvotdan qaytganidan ikki-uch oy oʻtib, navbatdagi hujumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Abu Salama ibn Abdulasadni Madinada oʻz oʻrniga tayinlaydi. 150 dan 200 nafargacha boʻlgan musulmonlar jumodilavval yoki jumodissoni oyida al-Ushayra, Yanbu hududiga qilinadigan ushbu yurishga qoʻshiladi[8][9][13][15].
Musulmonlarning faqatgina 30 ta tuyasi bor edi, shu sababli askarlar tuyalarni navbatma-navbat minishardi. Ular Usharayga yetib kelganlarida, Abu Sufyon boshchiligida Suriya tomon ketayotgan boy Makka karvoniga bostirib borishni kutadilar. Muhammad ushbu karvonning Makkadan oʻtishini allaqachon bilgan va karvonning bu yerdan oʻtishini bir oycha kutgan edi. Ammo bu safar ham Makka karvoni allaqachon Ushayradan oʻtib ketgan edi.
Ushbu hujumda Muhammad al-Ushayra atrofida yashovchi Banu Mudlej qabilasi bilan, shuningdek, u oldinroq Banu Damra bilan koʻzlangan yana bir shartnomani tuzadi[15]. Bu sulhlarning barchasi Muhammadning boshqa qabilalar bilan siyosiy aloqalarini yaxshilaydi[11].
Naxla hujumi (yettinchi hujum)
tahrirNaxla bosqini yettinchi karvon hujumi boʻlib, aynan shu yurish makkaliklarga qarshi birinchi muvaffaqiyatli bosqin hisoblanadi. Ushbu hujumga Abdulloh ibn Jahsh amir etib tayinlangan[16][17].
Bu voqea hijriy 2-yilning rajab (milodiy 624-yil yanvar) oyida boʻlib oʻtadi. Muhammad Abdulloh ibn Jahsh Asadiyni oltita tuya va 12 nafar muhojirlarga bosh qilib Naxlaga joʻnatadi[11][18][19].
Najd karvon yurishi (sakkizinchi bosqin)
tahrirNajd karvon yurishi Jumad shahrida, hijriy 3-yilda boʻlib oʻtadi. Makkalik mushriklar, asosan, savdo-sotiq bilan shugʻullanar va ularning asosiy daromadi ham aynan shundan edi. Yoz yaqinlashishi bilan esa ular mavsumiy savdo ishlari bilan Suriyaga ketishar edi.
Zayd ibn Horisa yurish qilish uchun kerakli maʼlumotlarni toʻplaganidan soʻng (Muhammadning buyrugʻini olgach) savdo karvonining ortidan boradi. Ularga qilingan hujum muvaffaqiyatli yakunlanadi va 100 000 dirhamlik oʻlja qoʻlga kiritiladi. Safon (karvonboshi) va uning qoʻriqchilari esa qochib ketishadi. Oqibatda, musulmonlar Qurayshning boshqa savdo yoʻlini aniqlash rejasini ham barbod qiladilar[9][20].
Zayd ibn Horisaning al-Isdagi yurishi (toʻqqizinchi hujum)
tahrirZayd ibn Horisaning al-Isga yurishi hijriy 6-yilning 5-oyi (milodiy 627-yil sentyabr)da boʻlib oʻtadi[9].
Zayd ibn Horisa 170 otliq boshchiligida al-Is degan joyga yoʻl oladi va Muhammadning kuyovi Abul-Os ibn Robi' (Zaynab binti Muhammadning eri) boshchiligidagi Quraysh karvonini toʻxtatadi va ularning tuyalarini oʻlja sifatida oladi[21].
Abul Os Muhammadning qizi Zaynab binti Muhammadning talabi bilan ozod qilinadi[21]. Hujum natijasida butun karvon, jumladan, katta kumush zaxirasi qoʻlga olinadi va uni qoʻriqlaganlarning bir qismi ham asirga olinadi[22].
Abu Ubayda ibn al-Jarrohning yurishi (oʻninchi hujum)
tahrirAbu Ubayda ibn al-Jarroh[23] „Baliqlar yurishi“[24] va „Al-Xabtga bostirib kirish“[25] nomi bilan mashhur boʻlgan yurishni 629-yilning oktyabrida amalga oshiradi. Ushbu yurish hijriy 8-yilning 7-oyida[23], yana boshqa manbalarga koʻra hijriy 7-yilning 4-oyida amalga oshirilgan[9][25].
Muhammad Abu Ubayda ibn Jarrohni 300 nafar kishi bilan Juhayna qabilasiga hujum qilish uchun Madinadan besh kecha-kunduz yurish uzoqligidagi masofada joylashgan dengiz sohilidagi al-Xabat hududiga yuboradi. Ular Quraysh karvoniga qarshi hujumni amalga oshirishlari kerak edi, biroq Qurayshlar ularga qilinadigan bosqindan xabar topib, qochib ketishadi va shu sababli oʻrtada jang boʻlmaydi[25].
Ushbu yurish tarixda juda mashhur boʻlib, musulmonlar hujum oʻsha paytida oziq-ovqat yetishmasligi tufayli ocharchilikdan aziyat chekardilar. Oxir-oqibat, ular qirgʻoqqa chiqqan kashalot kitni topib, uni yigirma kun davomida yeydilar. Ibn Hishom voqeani batafsil zikr qiladi. Shuning uchun ushbu yurish „Baliqlar yurishi“ deb ham ataladi. Ular qotgan kit goʻshtidan Muhammadga ham olib kelishadi, paygʻambar ham shu goʻshtdan yeydi[25][26].
Abu Qatoda ibn Rob’i al-Ansoriyning Botn Edam gʻazoti (oʻn birinchi hujum)
tahrirAbu Qatoda ibn Rob’i al-Ansoriyning[27] Botn Edamga (shuningdek, Idam deb ham ataladi) yurishi milodiy 629-yilning noyabrida (hijriy 8-yil, 8-oy) boʻlib oʻtadi[9].
Muhammad Makkaga hujum qilishni, biroq oʻzining ushbu harbiy harakatlari toʻgʻrisida toʻliq sukut saqlash va asosiy maqsadini odamlar eʼtiboridan uzoqlashtirish uchun hijriy 8-yil Ramazon oyida Abu Qatoda ibn Rob’i boshchiligida 8 kishilik boʻlinmani Madina yaqinidagi Edam yoʻnalishi boʻylab hujumga yuboradi[25].
Ibn Saʼd, Ibn Hishom va koʻplab sunniy hadis toʻplamlariga koʻra musulmonlarning yoʻlidan bir badaviy karvoni oʻtgan va ularga assalomu alaykum deya salomlashgan. Ammo Abu Qatoda baribir ushbu karvonga hujum qilib, odamlarni oʻldirgan va tutgan suruvi bilan Muhammadning huzuriga qaytib, voqeani aytib bergan.
Shunda Muhammad unga Qur’onning 4:94 oyatini nozil qilgan[28][29]. Ibn Kasir tomonidan ushbu oyat Alloh taolo musulmonlardan begunoh musulmonlarni oʻldirishda ehtiyot boʻlishlari aytilgani talqin qilinadi[28].
Jang qilish uchun ruxsat
tahrir- Avvaliga musulmonlarga urush qilish uchun ruxsat berilmagan.
- Keyinchalik musulmonlarga faqat Makkaning Quraysh qabilasiga qarshi jang qilish uchun ruxsat berilgan, chunki Quraysh ahli Makkada birinchi boʻlib musulmonlarga zulm qilganlar. Ularga Qurayshning mol-mulkini tortib olishga ruxsat berilgan, lekin bu ish Muhammad bilan shartnoma tuzgan qabilalarga qarshi amalga oshirilmasligi kerak boʻlgan.
- Soʻngra Muhammad va musulmonlarga Quraysh bilan ittifoq tuzgan butparast qabilalar bilan jang qilishga ruxsat berilgan.
- Keyinchalik Muhammad va musulmonlarga Madinaning yahudiy qabilalari bilan jang qilish uchun ruxsat berilgan, bu qabilalar Madina Konstitutsiyasini va musulmonlar bilan tuzilgan ahdni buzgan.
- Agar ahli kitoblar begona dushmanlardan himoya qilish uchun soliq (jizya) toʻlagan boʻlsalar, musulmonlarga ular bilan jang qilish man qilingan.
- Musulmonlar Islomni qabul qilgan har qanday mushrik, yahudiy yoki nasroniylar bilan sulh tuzishlari va ularni birodar musulmon sifatida qabul qilishlari talab qilingan[30].
- Muhammad va musulmonlar Makkaga qaytib kelganlaridan keyin makkaliklarni ularga qarshi qilgan jinoyatlari uchun kechirganlar.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Montgomery Watt, William. Muhammad: prophet and statesman. Oxford University Press, 1974, 21 Jan 2010 — 105-bet. ISBN 978-0-19-881078-0.
- ↑ Gabriel, Richard A. (2008), Muhammad, Islam's first great general, University of Oklahoma Press, 73-bet, ISBN 978-0-8061-3860-2
- ↑ 3,0 3,1 John Esposito, Islam, Expanded edition, Oxford University Press, p.4-5
- ↑ Watt (1953), pp. 16-18
- ↑ Loyal Rue, Religion Is Not about God: How Spiritual Traditions Nurture Our Biological,2005, p.224
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, 217–218-bet, ISBN 978-983-9154-17-7
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 978-9957-05-164-8. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "hawarey" defined multiple times with different content - ↑ 10,0 10,1 Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, 217–218-bet, ISBN 978-983-9154-17-7
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 126
- ↑ Mubarakpuri, The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet, p.244. (see footnote)
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 128
- ↑ Muḥammad Ibn ʻAbd al-Wahhāb, Mukhtaṣar zād al-maʼād, p. 346.
- ↑ 15,0 15,1 Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 148.
- ↑ Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, 218-bet, ISBN 978-983-9154-17-7
- ↑ Nakhla Raid, 2008
- ↑ Nakhla Raid Quran Verse, 2008
- ↑ Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 245-bet, ISBN 978-9960-899-55-8
- ↑ Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 153
- ↑ 21,0 21,1 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 205
- ↑ Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 6.
- ↑ 23,0 23,1 Abu Khalil, Atlas of the Prophetʼs biography: places, nations, landmarks, p. 218.
- ↑ Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 104.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 25,3 25,4 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 206
- ↑ Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 106.
- ↑ Abu Khalil, Atlas of the Prophetʼs biography: places, nations, landmarks, p. 218.
- ↑ 28,0 28,1 Tafsir ibn Kathir Juz, Pg 94, By Ibn Kathir, Translation by Muhammad Saed Abdul-Rahman
- ↑ Say not to anyone who greets you: „You are not a believer;“, Tafsir Ibn Kathir, Text Version
- ↑ Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 145.