Dasturiy ta'minot sifat tamoillari

Dasturiy taʼminot sifat tamoillari quyidagilardan tashkil topgan

Fayl:SoftwareQualityCharacteristicAttributeRelationship.png
Relationship between software desirable characteristics (right) and measurable attributes (left).
Funktsionallik (Functionality)

Dasturiy taʼminotdan foydalanishning belgilangan shartlar asosida, foydalanuvchining belgilangan va kutilgan ehtiyojlariga mos keladigan muammolarni echish qobiliyati bilan belgilanadi. Ushbu xususiyat dasturiy taʼminotning toʻgʻri va aniq ishlashini, birgalikda ishlashini, sanoat standartlariga javob berishini va ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligini taʼminlash uchun javobgardir.

Ishonchlilik (Reliability)

Dasturiy taʼminotning belgilangan muddat yoki belgilangan miqdordagi operatsiyalar davomida belgilangan shartlarda talab qilingan vazifalarni bajarishi. Ushbu xarakteristikaning atributlari — butun tizimning toʻliqligi va yaxlitligi, ishdagi nosozliklarni mustaqil ravishda va toʻgʻri tiklash qobiliyati, xatolarga bardoshlik.

Qulaylik(Usability

Dasturiy taʼminotni oson tushunish, oʻrganish, ishlatish va foydalanuvchi uchun qulay foydalanish imkoniyati.

Samaradorlik (Efficiency

Dasturiy taʼminotning ajratilgan resurslarga, vaqtga va boshqa belgilangan shartlarga muvofiq talab qilinadigan darajada ishlashni taʼminlash imkoniyati.

Xizmat qilish(Maintainability)

Dasturiy taʼminotni tahlil qilish, sinovdan oʻtkazish, nuqsonlarni tuzatish, yangi talablarga javob berish, texnik xizmat koʻrsatishni osonlashtirish va mavjud muhitga moslashish uchun oʻzgartirish.

Portativlik 

Dasturiy taʼminotni bir muhitdan (dasturiy taʼminot / apparat) boshqasiga koʻchirish qulayligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi [1].

Manbalar

tahrir
  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Software_quality