Dayro Mauricio Moreno Galindo (talaffuzi: Dairo Maurisio Moreno Galindo) — kolumbiyalik futbolchi, „Oriente Petrolero“ jamoasi hujumchisi. Kolumbiya terma jamoasida oʻynagan.

Dayro Moreno Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Dayro Mauricio Moreno Galindo
Taxallusi

Guarito, Bonfiest i eterno guayabo

Tugʻilgan 16-sentyabr 1985-yil(1985-09-16) (37 yosh)
El Espinal, Tolima, Kolumbiya
Fuqaroligi Flag Kolumbii Kolumbiya
Boʻyi

178 sm

Vazni

81 kg

Pozitsiyasi hujumchi
Klub

Flag Bolivii Oriente Petrolero

Raqami

17

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

 
Dayro Moreno „Tijuana“ bilan

Dayro Moreno „Once Caldas“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2003-yilda u Kolumbiya A seriyasida ilk jamoa safida debyut qildi. Oʻsha yili u Kolumbiya chempioni boʻldi, ammo uning gʻalabadagi hissasi minimal edi, chunki u asosiy jamoada futbolchi boʻlmagan. 2004-yilda Dayro Moreno oʻz klubi bilan Libertadores kubogi va Qitʼalararo kubokda gʻolib chiqdi. 2007-yil boshida u ijara asosida Braziliyaning „Athletico Paranaense“ jamoasiga oʻtdi. Yangi klubi uchun u 2 ta oʻyin oʻtkazdi va „Figueirense“ga qarshi oʻyinda gol urdi, shundan soʻng yana „Once Caldas“ga qaytdi[1].

2010-yilda Dayro Moreno „Once Caldas“ga qaytdi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi[2]. 25-mart kuni „Millonarios“ga qarshi oʻyinda u jamoada debyut qilgan hamda oʻsha oʻyinda u birinchi golni urgan. Vataniga qaytgach, Dayro Moreno gol urish mahoratiga qaytdi. Birinchi mavsumida u 20 ta gol urdi va jamoasiga chempion boʻlishiga yordam berdi.

2012-yilning yozida Dayro Moreno „Atlético Junior“ jamoasiga oʻtdi. 5-avgust kuni „Real Cartagena“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi[3]. 12-avgust kuni „Deportivo Pasto“ga qarshi kechgan duelda Dayro Moreno oʻzining birinchi golini urdi[4].

2018-yilning 18-dekabrida Dayro Moreno ikki yil davomida Argentinaning „Talleres“ jamoasiga o‘tdi[5].

Xalqaro karyerasi tahrir

2006-yil 2-martda Venesuela terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Dayro Moreno Kolumbiya terma jamoasida debyut qildi[6]. 2007-yil 20-noyabrda Dayro Moreno 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Argentinaga qarshi o‘yinda terma jamoadagi ilk golini urdi va bu o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi[7].

Terma jamoa bilan 2011 yilgi Amerika kubogida qatnashgan[8]. Turnirda u Kosta-Rika, Argentina, Boliviya va Peru terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[9][10].

2016-yilning yozida Dayro Moreno AQSHda ikkinchi marta Amerika Kubogida ishtirok etdi[11]. Turnirda u AQSH, Peru va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13].

Statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubog Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Once Caldas 2003 12 0 - - - 12 0
2004 43 8 - 6 0 - 49 8
2005 27 12 - 4 0 2 0 33 12
2006 32 20 - 0 0 - 32 20
2007 22 16 - 0 0 - 22 16
2010 34 20 0 0 7 3 0 0 41 23
2011 15 5 0 0 10 2 0 0 25 7
2012-I 12 3 6 1 0 0 0 0 18 4
2020 14 5 2 0 0 0 - 16 5
Jami 211 89 8 1 27 5 2 0 250 97
Steaua Bucharest 2007-2008 11 5 0 0 0 0 0 0 11 5
2008-2009 27 5 0 0 8 1 0 0 35 6
2009-2010 5 2 1 0 3 0 0 0 9 2
Jami 43 12 1 0 11 1 0 0 55 13
Steaua Bucharest II 2009-2010 4 2 2 2 - - 6 4
Tijuana 2011-2012 12 5 0 0 0 0 0 0 12 5
2014-2015 30 10 3 0 0 0 0 0 33 10
2015-2016 34 20 4 3 0 0 0 0 38 23
2016-2017 19 12 0 0 - - 19 12
Jami 95 47 7 3 - - 102 50
Junior 2012-II 16 6 1 1 0 0 0 0 17 7
2013-I 18 5 1 1 0 0 0 0 19 6
Jami 34 11 2 2 - - 36 13
Millonarios 2013-II 24 16 8 5 0 0 0 0 32 21
2014 21 13 0 0 0 0 0 0 21 13
Jami 45 29 8 5 0 0 0 0 53 34
Umumiy karyerasida 525 240 42 21 55 13 6 2 628 276

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari

„Onse Caldas“
  • 1  Futbol boʻyicha Kolumbiya chempionati — Apertura-2003
  • 1  Futbol boʻyicha Kolumbiya chempionati — Final-2010
  • Libertadores kubogi gʻolibi-2004

Shaxsiy yutuqlari

  • Kolumbiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari (7) — 2007-yil finali
  • Meksika chempionatining eng yaxshi toʻpurari — Apertura-2016

Manbalar tahrir

  1. „Фигейренсе VS. Атлетико Паранаэнсе 3:6“ (en). soccerway.com (2007-yil 12-may). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  2. „Онсе Кальдас VS. Мильонариос 3:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 28-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  3. „Атлетико Хуниор VS. Реал Картахена 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 5-avgust). 2013-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  4. „Атлетико Хуниор VS. Депортиво Пасто 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-avgust). 2015-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Dayro Moreno, nuevo refuerzo de Talleres“ (es) (2018-yil 18-dekabr). 2019-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-dekabr.
  6. „Колумбия VS. Коста-Рика 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 2-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  7. „Колумбия VS. Аргентина 2:1“ (en). soccerway.com (2007-yil 21-noyabr). 2016-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  8. „Колумбия VS. Боливия 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 10-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  9. „Аргентина VS. Колумбия 0:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 7-iyul). 2015-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  10. „Колумбия VS. Перу 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 16-iyul). 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-oktyabr.
  11. „США VS. Колумбия 0:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-iyun). 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  12. „Перу VS. Колумбия 0:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-iyun). 2018-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  13. „Колумбия VS. Коста-Рика 2:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 12-iyun). 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.