Defektoskop (lotincha: defectus — kamchilik va ...skop) — metall va metallmas materiallardan qilingan buyumlardagi nuqsonlar (siniqlar, darzlar va boshqalar) ni buyumlarga ziyon yetkazmasdan aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Magnitli, rentgen va gamma nurlarga, ultratovush toʻlqinlariga, elektr induksiya hodisasiga asoslangan, kapillyar va boshqa turlari bor. Muqim (statsionar) qurilmalar, koʻchma asboblar, laboratoriya asboblari tarzida ishlab chiqariladi. Muqim defektoskoplarda nuqsonlarni ham aniqlab, ham qayd qiladigan va bir yoʻla baholab ketadigan qurilmalar boʻladi. Kuchma defektoskoplar milli (strelkali) ixcham asbob, yorugʻlik yoki tovush signallari beradigan asbob va boshqalar bilan taʼminlanadi. Laboratiriyada ishlatiladigan defektoskop ancha sezgir boʻladi, koʻpincha, ossillograf va raqamli indikator bilan taʼminlanadi. Baʼzi defektoskoplar tez harakatlanayotgan buyumlardagi nuqsonlarni aniqlay oladi yoki oʻzi buyumga nisbatan harakatlanadi. Juda yuqori temperaturagacha qizdirilgan buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash uchun moʻljallangan defektoskoplar ham bor (qarang Defektoskopiya).

Relslar sifatini tekshiradigan ultratovush defektoskop