Demetriy IYunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. taxminan 189 y.— taxminan 167 y.). Uning davrida salta-nat nihoyatda kuchaygan. D. I hozirgi Afgʻoniston va Shim.-Gʻarbiy Hindistondagi bir qancha viloyatlarni bosib olgan. Shim.Gʻarbiy Hindistonda poytaxt shahar qurdirgan, zarb ettirgan tangalarida oʻzini "hindlar podshosi" deb atagan. Mil. av. taxminan 175 y. Baqtriyada D. I ga qarshi Yevkratid isyon koʻtargan. D. I u bilan kurashda halok boʻlgan, podsholigi esa parchalanib ketgan. Saltanatning Hindistondagi qismiga D. I ning sarkardasi Menandr podshoh boʻlgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil