Dengiz qamali — raqib mamlakatni yoki dushmanni dengiz tomondan oʻrab olish; savdo kemalarining qonunsiz ravishda yurishlariga zarba berish uchun qoʻllaniladigan harbiy jang usuli. Dushman dengiz kuchlarining qa-malni yorib oʻtishga urinishiga zarba berish ham D. q.ga kiradi. D. q. tarixi 16-a.dan boshlanadi. 18—19-asrlarda Fransiya-Angliya urushlarida keng qoʻllanildi. Ikkinchi jahon urushida jang qilgan mamlakatlarning flotlari yirik aviatsiya kuchlarining yordami bilan dengiz boʻgʻozlarini oʻrab olishga intildilar. Shu usul bilan Angliya La-Mansh boʻgʻozini, AQSH ning dengiz floti Yaponiya sohilini (Simonoseki boʻgʻozi) dengizdan qamal qilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil