Denis Aleksandrovich Ivankov (1972-yil 17-iyun[1], Toshkent) oʻzbek futbolchisi (darvozabon). 1992-yildan Oʻzbekiston sport ustasi unvoniga ega boʻlgan. Hozirda murabbiy faoliyati bilan shugʻullanadi. 2018-yilning avgust oyidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasida darvozabonlari murabbiyi. Mashhur oʻzbek futbolchisi va murabbiyi – Aleksandr Dmitriyevich Ivankovning farzandi.

Denis Ivankov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Denis Aleksandrovich Ivankov
Tavallud sanasi 17-iyun 1972-yil (1972-06-17) (51 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Raqami Darvozabonlar murabbiyi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990 Sovet Ittifoqi Orol Nukus 25 (0)
1990 Sovet Ittifoqi Sohibkor 1 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Chiqchiq 31 (0)
1992 Oʻzbekiston Paxtakor 3 (-1)
1992—1993 Oʻzbekiston Nurafshon 7 (-5)
1994—1995 Oʻzbekiston Paxtakor 9 (-6)
1995 Oʻzbekiston Neftchi 2 (-3)
Boshqargan klublari
2004 Oʻzbekiston Kimyogar D.r Murabbiy
2005—2006 Oʻzbekiston Mash’al D.r Murabbiy
2006 Oʻzbekiston Paxtakor D.r Murabbiy
2007—2008 Ukraina Knyaja D.r Murabbiy
2009—2012 Oʻzbekiston Mash’al D.r Murabbiy
2013—2018 Oʻzbekiston Nasaf D.r Murabbiy
2018—2022 Oʻzbekiston Oʻzbekiston D.r Murabbiy
2022—2023 Oʻzbekiston Paxtakor D.r Murabbiy
2024— Polsha Legiya D.r Murabbiy
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1996-yil 1-yanvar uchun)

Faoliyati tahrir

1972-yilda Toshkent shahrida taniqli oʻzbek futbolchisi va murabbiyi – Aleksandr Ivankov oilasida tugʻilgan. Toshkent shahridagi respublika sport maktab-internati tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi Anatoliy Yoʻldoshevich Shodimatov.

1990-yilda 18 yoshida Nukusning „Orol“ jamoasida oʻynay boshladi. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida Xalqobodning „Sohibkor“, 1991-yilda esa shu nomdagi shaharning „Chirchiq“ jamoasi safida toʻp surgan. 1992-yilning birinchi yarmida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 1992-1993 yillarda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasida, 1994-1995 yillarda esa yana Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan. 1995-yilda 23 yoshida Farg‘onaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida professional faoliyatini yakunladi.

Faoliyatini yakunlaganidan soʻng Denis havaskorlar davrasida oʻynadi, shuningdek, murabbiylik sohasida ham tahsil oldi. Ivankov bir muddat Italiyada yashadi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2004-yilda Chirchiqning „Kimyogar“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Keyingi bir yarim yil ichida Muborakning „Mash’al“ klubida ishlagan. 2006-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2007-2008 yillarda Ukrainaning „Knyaja“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan[2][3][4]. 2009-2012 yillarda yana Muborakning „Mash’al“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlagan. 2013-2018 yillarda Qarshining „Nasaf“ klubida ham xuddi shunday lavozimda ishlagan[5].

2018-yilning avgust oyidan Oʻzbekiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[6][7][8]. 2020-yildan „Paxtakor“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlagan[9][10]. 2024-yil 31-yanvar Polshaning „Legiya“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Polsha jamoasida darvozabonlar murabbiysi sifatida faoliyatini boshlagan[11].

Yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekiston chempioni (2 karra): 1992, 1995 (futbolchi sifatida).
  • 1995-yil Oʻzbekiston kubogi yarim finalchisi (futbolchi sifatida).
  • 2015-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi (murabbiy sifatida).
  • 2016-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (murabbiy sifatida).
  • 2017-yilgi Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (murabbiy sifatida).
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi (4 karra): 2013, 2014, 2015, 2016 (murabbiy sifatida).
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi (3 karra): 2012, 2013, 2016 (murabbiy sifatida).
  • China Cup xalqaro turnirining bronza medali sovrindori: 2019 (murabbiy sifatida).

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Viktor Xoxlyuk. „Nashi vratari mogut stat luchshimi v Azii“. – Yejenedelnik „Interfutbol“. – № 21 (489), str. 3. Tashkent. May 2018 goda.

Havolalar tahrir